Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 30706 marta o'qildi

Har qanday manfaatdor shaxs o‘zining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun ma’muriy sudga murojaat qilishga haqli.

Sudga murojaat qilish:
  • fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi ma’muriy ishlar bo‘yicha, shuningdek Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda — ariza (shikoyat) va iltimosnoma shaklida;
  • apellyatsiya va kassatsiya instantsiyasi sudlariga — shikoyat (protest) bilan murojaat qilishingiz lozim.

Ma’muriy sudlar tomonidan hal etiladigan ishlar
  • idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlar;
  • davlat boshqaruvi organlari va ma’muriy organlar, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qonunga zid hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlar;
  • saylov komissiyalarinnig xatti-harakatlari (qarorlari) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlar;
  • notarial harakatni amalga oshirish to‘g‘risidagi ishlar;
  • fuqarolik holati dalolatnomalarini yozishni ro‘yxatga olish rad etilganligi to‘g‘risidagi ishlar;
  • notariusning yoxud fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi mansabdor shaxsining noqonuniy harakatlari yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlar;
  • davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish yoxud belgilangan muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan bo‘yin tovlash ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlar.

Chat