Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 34668 marta o'qildi

Qaysi murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi

Qonunga ko‘ra quyidagi murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi:

anonim murojaatlar;

— vakil orqali berilgan, lekin vakilning vakolatini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmagan murojaatlar;

— Qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq bo‘lmagan murojaatlar.

Qanday murojaat anonim hisoblanadi

Jismoniy shaxs murojaatida:

— familiyasi, ismi va otasining ismi;

— yashash joyi haqida ma’lumot ko‘rsatilmagan bo‘lsa;

yoki ushbu ma’lumotlar haqida yolg‘on ma’lumot berilsa, murojaat anonim hisoblanishi mumkin.

Yuridik shaxs murojaatida esa uning to‘liq nomi yoki joylashgan eri ko‘rsatilmagan yoki noto‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lsa, u ham anonim hisoblanadi.

Shuningdek:

— yuboruvchini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan elektron murojaat;

imzolanmagan yozma murojaat anonim murojaat hisoblanadi.

Eslatma: yozma murojaatda F.I.O. va manzil ko‘rsatilgan bo‘lsa ham, u imzolanmagan bo‘lsa anonim murojaat hisoblanadi va ko‘rib chiqilmaydi.

Vakil orqali murojaat qilinganda

Jismoniy yoki yuridik shaxs murojaatni o‘z vakili orqali berish huquqiga ega.

Biroq vakilning murojaatchi nomidan harakat qilish huquqini tasdiqlovchi tegishli hujjat bo‘lishi kerak.

Bunday hujjat bo‘lmasa, murojaat ko‘rmay qoldiriladi va murojaatchiga bu haqda xabar beriladi.

Murojaatni shunchaki rad etib qo‘yish mumkinmi

Yo‘q.

Murojaat ko‘rmay qoldirilganda tegishli xulosa tuzilishi, u davlat organi yoki tashkilot rahbari yoxud vakolatli mansabdor shaxs tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Shuning uchun «ko‘rmay qoldirish» murojaatni ro‘yxatdan o‘tkazmaslik yoki unga e’tibor bermaslik degani emas. Bu qonunda belgilangan asoslardan biri mavjud bo‘lganda qo‘llaniladigan rasmiy protsessual qaror hisoblanadi.

Kamchilikni bartaraf etib qayta murojaat qilish

Agar murojaat vakilning vakolatini tasdiqlovchi hujjat yo‘qligi yoki boshqa bartaraf etish mumkin bo‘lgan kamchilik sababli ko‘rmay qoldirilgan bo‘lsa, kamchilikni tuzatib qayta murojaat qilish mumkin.

Chat