Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 37670 marta o'qildi

Kim imtiyozli tibbiy yordam olishi mumkin?

Davlat byudjeti hisobidan ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam olish huquqi fuqaroning ijtimoiy maqomi yoki muayyan kasallikka ega ekani, shuningdek tibbiy ko‘rsatmalar mavjudligi asosida belgilanadi.

Bunda har qanday tashxis avtomatik ravishda bepul davolanish huquqini bermaydi. Kasallik tegishli tasdiqlangan ro‘yxatga kirgan va bemorda belgilangan tibbiy mezonlar mavjud bo‘lishi kerak.

Ixtisoslashtirilgan muassasaga qanday boriladi?

Bemor, odatda, avval birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasiga murojaat qiladi.

Tibbiy ko‘rsatma bo‘lsa:

  1. oilaviy shifokor bemorni tegishli mutaxassisga yuboradi;
  2. zarur holda tibbiy-tanlov komissiyasi xulosasi olinadi;
  3. bemorga elektron yo‘llanma rasmiylashtiriladi;
  4. davolanish elektron navbat asosida tashkil etiladi.

Tibbiyot tashkilotini tanlash mumkinmi?

Imtiyozli bemor yoki uning qonuniy vakili elektron yo‘llanma asosida o‘z tashxisi bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi hamda Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi bilan shartnoma tuzgan davlat yoki nodavlat tibbiyot tashkilotini tanlashi mumkin.

Biroq yo‘llanmada tibbiy yordamning muayyan darajasi belgilangan bo‘lsa, bemor o‘z xohishi bilan yuqoriroq darajadagi muassasada davlat hisobidan davolanishni talab qila olmaydi.

Shoshilinch yoki kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda ushbu cheklov qo‘llanilmaydi.

Yo‘llanmasiz murojaat qilinsa nima bo‘ladi?

Rejali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam uchun zarur elektron yo‘llanmasiz tibbiyot tashkilotiga bevosita murojaat qilinganda xizmat pulli asosda ko‘rsatilishi mumkin.

Davlat byudjeti hisobidan imtiyozli tartibda davolanadigan kasalliklar amaldagi maxsus ro‘yxat asosida aniqlanadi.

Chat