Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 16115 marta o'qildi

Dori vositalari bilan imtiyozli ta’minlanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar toifalari:

1. Onkologik kasalliklarga chalinganlar.

2. Sil kasalligiga chalinganlar.

3. Moxov kasalligiga chalinganlar.

4. Endokrinologik kasalliklarga (qandli va qandsiz diabetga) chalinganlar.

5. Ruhiy kasalliklarga chalinganlar.

6. OIV kasalligini yuqtirganlar.

7. Yurak klapanini protezlash va organlarni ko‘chirish yuzasidan operatsiya qilingan shaxslar.

8. O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionerlar.

9. 1941—1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar.

10. 1941—1945-yillardagi urush mehnat fronti qatnashchilari.

11. Chernobilь AESidagi halokat oqibatlarini tugatishda qatnashgan — nogiron shaxslar.

12. Baynalmilalchi jangchilar.

13. Harbiy xizmatni yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro ob’ektlarida o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar.

Ambulatoriyada davolanishda shaxslarning ayrim toifalarini dori vositalari bilan imtiyozli ta’minlash dori vositalarini ambulatoriya-poliklinika muassasalari orqali yoxud dorixonalar orqali berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bemorlarga dori vositalarini imtiyozli berish bemorlar ambulatoriya tartibida davolanadigan ambulatoriya-poliklinika muassasasida davolovchi vrachlarning tayinlashi bo‘yicha bepul beriladi.       

  • Mas’ul shaxs dori vositalari olinganidan keyin ularni maxsus jurnalda tilxat ostida bemorga beradi. Voyaga etmagan bemorlarga mo‘ljallangan dori vositalari ularning ota-onalariga yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga beriladi. Ayrim hollarda voyaga etgan bemorning holatiga qarab dori vositalari uning qarindoshlariga berilishi mumkin.
  • Talab etiladigan dori vositasi ambulatoriya poliklinika-muassasasida mavjud bo‘lmagan taqdirda davolovchi vrachlar ularni dorixonalardan imtiyozli berish uchun retseptlar yozadilar.

Retseptni olish uchun bemorlar (ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, qarindoshlar) ambulatoriyada davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli ta’minlanish huquqini tasdiqlaydigan hujjatni ko‘rsatgan holda bemorlar hisobda turadigan joydagi yoki tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun biriktirilgan joydagi ambulatoriya-poliklinika muassasasiga murojaat qiladilar.     

  • Imtiyozli tarzda ta’minlanadigan dori vositalarining ro‘yxati.
  • Retseptda dori vositalari davolashning bir kursidan ortiq bo‘lmagan miqdorda tibbiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha yoziladi. Retsept berilgan kundan boshlab 1 oy mobaynida haqiqiydir.

Dorixonalarda umumiy qabul qilingan xalqaro-patentlanmagan nom hisobga olingan holda savdo nomi bo‘yicha tayinlangan dori vositasi mavjud bo‘lmagan taqdirda, yangidan yozilgan retsept asosida faqat ambulatoriya-poliklinika muassasasining rahbari (uning o‘rinbosari) bilan kelishgan holda boshqa savdo nomi bilan dori vositasiga sinonimik almashtirilishi mumkin.

Bunda retseptning orqa tomoniga ushbu dori vositasining mavjud emasligi to‘g‘risida belgi (farmatsevt xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi va imzosi, sana, dorixonaning nomi va shtamp) qo‘yilgan holda keyinchalik uni ambulatoriya-poliklinika muassasasiga taqdim etish uchun bemorga beriladi.

Dori vositasining zarur miqdori mavjud bo‘lmagan hollarda bemorga retseptlarning yirtib olinadigan koreshoklarining tegishli ustunlarida ko‘rsatilgan holda mavjud dori vositasi miqdori beriladi.

Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini realizatsiya qilganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan.

Chat