Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 7833 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasidan chiqish uchun xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish kerak.


Xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirishga ariza berish

Xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi
  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti;
  • fuqaroligi bo‘lmagan shaxs uchun O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi;
  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining ID kartasi;
  • fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston Respublikasida yashash ID kartasi

Xorijga chiqish pasporti 10 ish kuni (16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun qo‘shimcha o‘rganishlar talab etiladigan alohida hollarda — 1 oy) ichida taqdim etiladi.

Biometrik pasport quyidagi amal qilish muddatlariga beriladi

Amal qilish muddati tugaganidan keyin xorijga chiqish biometrik pasporti ma’lumotlarni yig‘ish punktiga topshiriladi.

Amal qilish muddati tugagan yoki yaroqsiz holatga kelgan, ammo ichiga qo‘yilgan xorijiy davlatlarga kirish vizalarining amal qilish muddati tugamagan xorijga chiqish biometrik pasportlari qayta rasmiylashtirilgan taqdirda, xizmatdan foydalanuvchining so‘roviga ko‘ra ma’lumotlarni yig‘ish punkti xodimi tomonidan ushbu pasportga bekor qilinganligini ifodalovchi maxsus belgi qo‘yilgan holda, yangi xorijga chiqish biometrik pasporti bilan birga eski xorijga chiqish biometrik pasporti ham qaytarib beriladi.

Chat