Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bola uchun uning holati va ehtiyojlariga qarab:
Inklyuziv ta’lim sinfi — alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar boshqa bolalar bilan teng huquqli va birgalikda ta’lim oladigan sinf.
Boshlang‘ich tayanch korrektsion sinf — alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun umumta’lim maktabida alohida tashkil etiladigan boshlang‘ich sinf.
Bolani inklyuziv yoki korrektsion sinfga qabul qilish va undan chiqarish:
Bolani faqat tashxisi asosida ota-ona roziligisiz muayyan ta’lim muassasasiga majburan joylashtirish mumkin emas.
PTPK — bolaning rivojlanishi, sog‘lig‘i va ta’lim ehtiyojlarini kompleks baholab, unga mos ta’lim shaklini tavsiya qiladigan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya.
Qonuniy vakil:
YaIDXP orqali so‘rovnoma dam olish va bayram kunlarida ham 24 soat davomida yuboriladi.
So‘rovnoma to‘ldirilgandan keyin bolaga oid zarur ma’lumotlar asosida shaxsiy hujjatlar yig‘majildi shakllantirilib, avtomatik ravishda PTPKga yuboriladi.
Hujjatlari shakllantirilgan bola PTPKning navbatdagi yig‘ilishida tekshiruvdan o‘tkaziladi. Xulosada bola va qonuniy vakil ma’lumotlari, yashash manzili, tavsiya etilayotgan ta’lim muassasasi hamda zarur korrektsion-pedagogik choralar ko‘rsatiladi.
Inklyuziv ta’lim va boshlang‘ich tayanch korrektsion sinflarning 1-sinfiga bolalar, qoida tariqasida, 7 yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi.
Ta’lim olish huquqini ta’minlash maqsadida umumiy yosh me’yoridan ikki yilga katta bolani ham qabul qilishga ruxsat etiladi. Qabul o‘quv yili boshlangunga qadar yoki o‘quv yili davomida amalga oshirilib, maktab direktorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Ta’lim jarayonida:
Qonuniy vakil PTPK xulosasi, bolani qabul qilish yoki ta’lim sharoitlari yuzasidan: