Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 29793 marta o'qildi

Ma’muriy bayonnoma yo‘l harakati qoidalari buzilgan joyda (mustasno holatlar) tuzilib, YHXBB xodimi va huquqbuzar tomonidan (guvohlar, xolislar va jabrlanuvchilar bo‘lgan taqdirda ma’muriy bayonnoma ular tomonidan ham) imzolanadi.

Huquqbuzar ma’muriy bayonnomaning mazmunidan norozi bo‘lsa, bayonnomaga
  • o‘z fikr-mulohazalarini yozib qo‘yishga;
  • imzolashdan bosh tortib, buning sabablarini bayon etishga haqli.

  • Huquqbuzar imzolashdan yoki yozma tushuntirish berishdan bosh tortganda, YHXBB xodimi bayonnomaga bu haqda yozib qo‘yadi va guvohlar yoki xolislar ishtirokida dalolatnoma tuzib, bayonnomaga ilova qilinadi.
  • Bayonnoma tuzishda huquqbuzarga uning huquq va burchlari tushuntirilishi shart.

Huquqbuzarning huquqlari
  • ish materiallari bilan tanishib chiqish;
  • izohlar berish;
  • dalillar keltirish;
  • o‘z iltimosini bayon etish;
  • ishni ko‘rib chiqish vaqtida advokatning yuridik yordamidan foydalanish;
  • o‘z ona tilida so‘zlashga va tarjimonning xizmatlaridan foydalanish;
  • ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyat berish.

Huquqbuzarning burchlari
  • Ma’muriy qamoqqa olish va ashyolarini musodara qilish choralarini qo‘llash nazarda tutilgan bo‘lsa, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vaqtida qatnashish.

Chat