Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 81833 marta o'qildi

Fotoradar (kamera) orqali yo‘l harakati qoidalari buzilishi holati qayd etilganda
  • ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilmaydi;
  • huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning ishtirokisiz maxsus shaklda jarima solish to‘g‘risidagi qaror chiqariladi;
  • huquqbuzarning taloniga belgi qo‘yilmaydi;
  • transport kimning boshqaruvida bo‘lishidan qat’iy nazar ma’muriy javobgarlikka uning mulkdori (yuridik shaxs bo‘lsa, foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan shaxs) tortiladi;
  • chiqarilgan qaror 3 kun ichida buyurtma pochta orqali huquqbuzarga yuboriladi;
  • qarordan norozi bo‘lganlar, qaror ustidan yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki ma’muriy ishlar bo‘yicha tuman (shahar) sudьyasiga shikoyat berish mumkin;
  • jarima huquqbuzarga qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida to‘lanishi lozim (jarima o‘z vaqtida to‘lanmasa qaror huquqbuzarning ish joyi, o‘qish joyi, Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi, Majburiy ijro byurosiga yuboriladi);
  • jarima maxsus mobil ilovlar orqali onlayn tarzda to‘lanishi mumkin.


Transport vositalarining oqimi va yo‘l sharoitini hisobga olgan holda, ko‘chma fotoradar va mobilь komplekslar biriktirilgan YPX xodimlari tomonidan ularning kunlik dislokatsiyasi belgilangan va maxsus moslamalardan tegishli tartibda foydalanish choralari ko‘rilgan bo‘lishi lozim.
Ko‘chma fotoradar va mobilь komplekslarni qo‘llash joyi va vaqti DYHXX saf bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan dislokatsiyaga muvofiq belgilanadi.


  • Ruxsat etilmagan, sertifikatga ega bo‘lmagan, sertifikatning amal qilish muddati tugagan yoki belgilangan tartibda ichki ishlar organlari hisobida mavjud bo‘lmagan maxsus moslamalardan foydalanish taqiqlanadi.
  • Bunda ruxsat etilmagan, sertifikatga ega bo‘lmagan, sertifikatning amal qilish muddati tugagan yoki belgilangan tartibda ichki ishlar organlari hisobida mavjud bo‘lmagan tezlikni o‘lchash vositalari asosida rasmiylashtirilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnomalar yuridik kuchga ega bo‘lmaydi va huquqiy oqibatlar keltirib chiqarmaydi.

Muhim!!!

«Radar». Yo‘llarda avtomobilь haydovchilari belgilangan tezlikka rioya etishi radarlar yordamida nazorat qilinayotganligini bildiruvchi yo‘l belgisi. Ushbu yo‘l belgisi belgilangan harakatlanish tezligi nazoratga olingan barcha joylarga o‘rnatilishi shart.
Statsionar maxsus texnika vositalaridan foydalaniladigan joylarda doimiy yo‘l belgilarini, ko‘chma maxsus texnika vositalaridan foydalaniladigan joylarda esa ko‘chma ustunga vaqtinchalik yo‘l belgilarini o‘rnatish ko‘zda tutiladi.

Chat