Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 36128 marta o'qildi

Issiqlik ta’minoti shartnomasi

Isitish uchun issiqlik energiyasi etkazib berish va issiq suv bilan ta’minlash issiqlik ta’minoti shartnomasi asosida amalga oshiriladi.

Ko‘p kvartirali uy bevosita mulkdorlar tomonidan boshqarilganda etkazib beruvchi iste’molchilar bilan ikki tomonlama shartnoma tuzadi.

Shartnomani iste’molchilar nomidan boshqaruv organi — shirkat, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqa ijro etuvchi tuzishi mumkin. Bunda issiqlik ta’minoti korxonasi, iste’molchilar va boshqaruv organi o‘rtasida uch tomonlama shartnoma tuziladi.

Taqdim etiladigan hujjatlar

Shartnoma tuzish uchun quyidagilar taqdim etiladi:

  • turar yoki noturar joy mulkdorining shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
  • ko‘p kvartirali uydagi xonaga mulk yoki foydalanish huquqini va ushbu huquq paydo bo‘lgan sanani tasdiqlovchi hujjat;
  • ichki ishlar organining pasport bo‘linmasi bergan F-17 ma’lumotnomasi yoki uy daftaridan ko‘chirma;
  • tadbirkorlik sub’ekti hisoblanmaydigan yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi haqidagi guvohnoma — noturar joy mulkdori uchun;
  • issiqlik tarmog‘iga ulanish loyiha hujjatlari — noturar joy mulkdori uchun.

Shartnomaning asosiy shartlari

Shartnomada:

  • issiqlik energiyasini berish va iste’mol qilish rejimi;
  • xizmat sifati ko‘rsatkichlari;
  • issiqlik tarmoqlarining balans mansubliligi chegarasi;
  • hisobga olish asboblari haqidagi ma’lumotlar;
  • to‘lov tartibi, muddati va tariflar;
  • ta’minotni cheklash yoki to‘xtatish asoslari;
  • sifatsiz yoki to‘liq ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun qayta hisob-kitob;
  • taraflarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi;
  • nizolarni hal qilish tartibi ko‘rsatiladi.

Muhim: shartnoma shartlari iste’molchining qonunchilikda belgilangan huquqlarini cheklashi yoki sifatsiz xizmat uchun qayta hisob-kitob talab qilish huquqini bekor qilishi mumkin emas.

Mulkdor o‘zgarganda

Turar joyning oldi-sotdi, ayirboshlash yoki hadya shartnomasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganda, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ yangi mulkdor haqidagi ma’lumotni etkazib beruvchiga yuboradi.

Etkazib beruvchi ma’lumotni olganidan keyin bir oy ichida yangi mulkdor bilan shartnoma tuzilishini ta’minlashi kerak.

Mulkdor, yashovchilar soni, isitiladigan maydon yoki xonaning turar-noturar maqomi o‘zgarganda, iste’molchi bu haqda etkazib beruvchini 10 ish kunidan kechiktirmay xabardor qilishi lozim.

Chat