
Butun er uchastkasiga yoki uning bir qismiga egalik qilish, undan doimiy yoki muddatli foydalanish, shuningdek ijara huquqi quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
Xususiy mulk bo‘lgan er uchastkasiga mulk huquqi quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Mulk huquqining boshqa shaxsga o‘tishi huquqni «jazo tariqasida bekor qilish» emas, balki yangi mulkdorning huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq huquqiy natijadir.
Ixtiyoriy voz kechish, muddatning tugashi, yuridik shaxsning tugatilishi yoki xizmat chek eriga asos bo‘lgan mehnat munosabatlarining bekor qilinishi kabi holatlarda qaror qonunchilikda belgilangan vakolat doirasida, huquqni bekor qilish asosli ekanini tasdiqlovchi hujjatlar asosida qabul qilinadi.
Erdan ruxsat etilgan foydalanish turiga nomuvofiq foydalanish, oqilona foydalanmaslik, ekologik talablarni buzish, to‘lovlarni muntazam to‘lamaslik yoki belgilangan muddatda erdan foydalanmaslik holatlarida huquqni bekor qilish sud tartibida amalga oshiriladi.
Ijara huquqi tegishli asosga qarab ijara shartnomasini bekor qilish orqali tugatiladi.
Davlat organi er uchastkasiga bo‘lgan huquqni elektron onlayn-auktsion yoki ochiq tanlov natijalari haqidagi bayonnomani oddiy tarzda bekor qilish yoki o‘zgartirish orqali tugatishga haqli emas.
Jamoat ehtiyojlari uchun er uchastkasini olib qo‘yish huquqni bekor qilishning alohida tartibidir. Tashabbus bo‘yicha ochiq muhokama o‘tkaziladi va qaror tegishli vakillik organi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovozi bilan qabul qilinadi.
Hokimlik va huquq egasi o‘rtasida kompensatsiya turi, miqdori, uni berish muddati hamda ko‘chmas mulkni bo‘shatish muddati ko‘rsatilgan kelishuv tuziladi. Kelishuv notarial tartibda tasdiqlanadi.
Er uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish faqat qonunda nazarda tutilgan kompensatsiya to‘liq berilgandan keyin amalga oshiriladi. Ko‘chmas mulkni bo‘shatish muddati kompensatsiya to‘liq berilgan kundan boshlab hisoblanadi va 6 oydan oshmasligi kerak.
Er uchastkasiga bo‘lgan huquqni bekor qilish haqidagi qarordan norozi shaxs sudga shikoyat qilishi mumkin. Jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishda kompensatsiya miqdori, baholash natijasi yoki kelishuv shartlari bo‘yicha yuzaga kelgan nizolar ham qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.