Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 23217 marta o'qildi

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar transport vositasi egasi tomonidan sodir etilgan hollarda YPX xodimi transport vositasini jarima maydonchasiga qo‘yish huquqiga ega.

Misol uchun, transport vositasi quyidagi hollarda jarima maydonchasiga qo‘yilishi mumkin
  • davlat raqami belgisini echib olib transport vositasi boshqarilganda;
  • tegishli ruxsatnomasiz og‘ir vaznli, yirik gabaritli, xavfli yuklarni tashish shuningdek ruxsatnomada ko‘rsatilgan harakat yo‘nalishidan chetga chiqilganda;
  • transport vositasi oynasini tegishli ruxsatnomasiz qoraytirib boshqarilganda;
  • transport vositalariga ruxsatnomasiz tovush chiqaruvchi va yorituvchi maxsus qurilmalar o‘rnatilganda;
  • to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzish, yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatlanishiga xalaqit berilsa;
  • haydovchilik guvohnomasi, transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazganlik, unga egalik qilish, egasi yo‘qligida undan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar ishonchnoma va ijaraga berish shartnomalari, sug‘urta polisi mavjud bo‘lmasa yoki ro‘yxatdan o‘tkazilmagan bo‘lsa;
  • transport vositasini alkogolli ichimlik, giyohvand modda is’temol qilib mast holatda boshqarilganda;
  • ichki ishlar xodimining qonuniy talablarini bajarmaganda va boshqalar.

Transport vositalarini to‘xtash joyiga olib kelish va saqlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar sanitariya va yong‘inga qarshi qoidalarga rioya qilinishi, transport vositalari to‘xtash joyiga va saqlash uchun olib kelinishi vaqtida saqlanishi (o‘g‘irlik, komplektlarning but bo‘lmasligi va shikastlanishi), shuningdek transport vositasi salonidagi shaxsiy buyumlar saqlanishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.

Transport vositalarini olib kelish va saqlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxs
  • tabiiy ofatlar (zilzila, dovul, suv toshqini va hokazolar) vaqtida transport vositalari shikastlanganligi;
  • transport vositalari ularni saqlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatiladigan hududdan chiqqandan keyin berilgan transport vositalarini saqlashga tegishli da’volar uchun javob bermaydi.

Chat