Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 32345 marta o'qildi

Yakka tartibda uy-joy qurish uchun er

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun 0,04 gektargacha bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh er uchastkalari «E-auksion» elektron savdo platformasi orqali mulk huquqi asosida realizatsiya qilinadi.

Auktsionga aholi punktining shaharsozlik hujjatlarida uy-joy qurish nazarda tutilgan va belgilangan tartibda tayyorlangan er uchastkalari qo‘yiladi.

Yangi er uchastkalari meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik huquqi bilan emas, auktsion orqali mulk huquqi asosida realizatsiya qilinadi. Ilgari qonuniy olingan huquqlar esa qonunchilikda belgilangan tartibda saqlanadi.

Er uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqi auktsion natijasi, davlat orderi va huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi asosida vujudga keladi.

Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun er

Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh er uchastkalari mulk yoki ijara huquqi asosida elektron onlayn-auktsion orqali realizatsiya qilinadi.

Lot haqidagi ma’lumotlarda, jumladan:

  • er uchastkasining manzili va maydoni;
  • ruxsat etilgan foydalanish turi;
  • shaharsozlik shartlari;
  • muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish imkoniyati;
  • mulk yoki ijara huquqi;
  • boshlang‘ich narx ko‘rsatiladi.

Auktsion g‘olibi erdan lot hujjatlarida belgilangan maqsadda foydalanishi va qurilish bo‘lsa, shaharsozlik hamda ruxsat berish talablariga rioya qilishi shart.

Auktsionda g‘olib bo‘lish qurilish ishlarini darhol boshlash huquqini bermaydi. Loyiha hujjatlari va zarur ruxsatlar rasmiylashtirilishi kerak.

Dehqon xo‘jaligi uchun er

Dehqon xo‘jaligi uchun yangi er uchastkalari, qoida tariqasida, elektron onlayn-auktsion natijasi bo‘yicha ijara huquqi asosida beriladi. Tuman yoki shahar hokimligiga oddiy ariza berishning o‘zi er ajratish uchun asos hisoblanmaydi.

Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun er uchastkasining umumiy maydoni:

  • odatda 0,06 gektardan 1 gektargacha;
  • chorva uchun ozuqa ekinlari etishtirish maqsadida Prezident qarorlari bilan belgilangan ayrim hududlarda 0,06 gektardan 5 gektargacha bo‘lishi mumkin.

Zaxira erlari va qonunda ko‘rsatilgan ayrim boshqa erlar dehqon xo‘jaligi uchun 30 yil muddatga ijaraga beriladi.

Asosiy ekindan bo‘shagan qishloq xo‘jaligi erlarining bir qismi oraliq ekin ekish uchun bir yilgacha, 0,06 gektardan 10 gektargacha ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin.

Dehqon xo‘jaligi yuridik shaxs tashkil etgan yoki tashkil etmagan holda faoliyat yuritishi mumkin. Erga huquq yuzaga kelgandan keyin xo‘jalik belgilangan tartibda hisobga qo‘yiladi yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

Dehqon xo‘jaligi uchun berilgan er uchastkasida uy-joy, bino yoki inshoot qurishga, agar qonunchilik va erning ruxsat etilgan foydalanish turida bunga yo‘l qo‘yilmagan bo‘lsa, ruxsat berilmaydi.

Chat