
Ipoteka kreditining boshlang‘ich badali va foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyaga 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi ariza berishi mumkin.
Daromadi yuqori bo‘lmagan oila sifatida quyidagi o‘rtacha oylik daromadga ega oilalar baholanadi:
Ariza beruvchi ijtimoiy mezonlar bo‘yicha kamida 30 ball to‘plashi va uning kredit tarixi kamida bitta ishtirok etuvchi tijorat banki talablariga muvofiq bo‘lishi lozim. Ariza beruvchi va uning turmush o‘rtog‘i nomida respublika hududida turar joy mavjud emasligi uchun 20 ball beriladi.
Ariza istalgan tuman yoki shahar Davlat xizmatlari markazi orqali yoxud Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektron shaklda beriladi.
Ma’lumotlar Soliq qo‘mitasi, Kadastrlar palatasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Migratsiya agentligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda ishtirok etuvchi banklarning axborot tizimlari orqali avtomatik tekshiriladi.
Ijobiy natija bo‘lganda ariza beruvchiga QR-kodli subsidiya xabarnomasi yuboriladi. Shundan keyin talabgor uy-joyni tanlaydi, qurilish tashkiloti bilan shartnoma tuzadi va ipoteka krediti uchun ishtirok etuvchi bankka murojaat qiladi.
Toshkent shahrida ro‘yxatga olingan fuqaro dastur doirasida Toshkent viloyatidagi uy-joyni ham sotib olishi mumkin.
Birlamchi bozordan kvartira sotib olishda boshlang‘ich badal kvartira qiymatining kamida 15 foizi bo‘lishi kerak. Bunda qarz oluvchi o‘z mablag‘idan uy-joy qiymatining kamida 5 foizini to‘laydi, subsidiyaning qat’iy miqdori esa har yilgi ipoteka dasturida belgilanadi.
Foiz xarajatlarining bir qismi kreditning dastlabki 5 yili davomida qoplanadi. 2025-yil va undan keyingi dasturlar bo‘yicha subsidiya ipoteka foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan qismiga to‘lanadi.
Subsidiya bir oilaga — er yoki xotinga — faqat bir marta beriladi.
Muhim: subsidiya ajratilgani haqidagi xabarnoma bank ipoteka kreditini berishiga kafolat emas. Kredit ajratish to‘g‘risidagi qaror bank tomonidan qarz oluvchining to‘lov qobiliyati va ichki kredit talablari asosida qabul qilinadi.
Subsidiya quyidagi hollarda rad etiladi:
Rad etish xabarnomasida aniq sabab va qonunchilik normasi ko‘rsatilishi shart. Rad javobini olgan shaxs kamchiliklarni bartaraf etib, umumiy tartibda qayta murojaat qilishi mumkin.