Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 14498 marta o'qildi

Toplivo iz otxodov i sensorы dlya vodы: kak nauka reshaet problemы ekologii -  RIA Novosti, 27.10.2020

O‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish doim pullimi?

Yo‘q. Jismoniy shaxslar tomonidan hayotiy zarur ehtiyojlarni qondirish uchun o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan umumiy foydalanish bepul amalga oshiriladi. Bunda mahalliy darajada belgilangan umumiy foydalanish me’yorlariga rioya qilish lozim.

Tabiiy muhitdan o‘simliklarni yoki ularning qismlarini belgilangan hajmda olish bilan bog‘liq maxsus foydalanish esa tasdiqlangan kvotalar va ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.

Maxsus foydalanish uchun qaerga murojaat qilinadi?

Ruxsatnoma olish jarayoni «Litsenziya» axborot tizimi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron tarzda amalga oshiriladi.

Ruxsatnoma tasdiqlangan kvotalar doirasida beriladi. Pitomnik va maxsus plantatsiyalarda etishtirilgan o‘simliklarni yig‘ish yoki tayyorlash uchun esa ruxsatnoma talab etilmaydi.

Arizani ko‘rib chiqish uchun qancha to‘lanadi?

O‘simlik dunyosi ob’ektlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma olishda arizani ko‘rib chiqish yig‘imi:

  • O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan jismoniy shaxs uchun — BHMning 10 foizi;
  • tabiatdan foydalanuvchi yuridik shaxs uchun — BHMning 20 foizi;
  • xorijiy fuqaro uchun — 10 AQSh dollari miqdorida belgilangan.

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 15 ish kuni.

Foydalanish uchun to‘lov qanday hisoblanadi?

Arizani ko‘rib chiqish yig‘imi bilan o‘simlik dunyosi ob’ektidan foydalanish uchun to‘lov bir xil narsa emas.

Maxsus foydalanishda to‘lov o‘simlik turi, olinadigan hajm, foydalanish maqsadi va qonunchilikda belgilangan tegishli stavkalar asosida hisoblanadi. Shu sababli barcha o‘simliklar uchun bitta umumiy summa belgilanmagan.

Qonunga xilof yig‘ish yoki kesish uchun to‘lov ham shumi?

Yo‘q. Qonuniy maxsus foydalanish uchun to‘lov bilan o‘simliklarga qonunga xilof ravishda zarar etkazilganda undiriladigan zarar summasini aralashtirmaslik kerak.

Daraxt va butalarni noqonuniy kesish, o‘simliklarni shikastlash, belgilangan me’yordan ortiq yovvoyi o‘simlik xomashyosini yig‘ish yoki Qizil kitobga kiritilgan o‘simliklarga zarar etkazishda etkazilgan ekologik zarar alohida hisoblanadi va javobgarlik choralari ham qo‘llanilishi mumkin.

Eslatma: ruxsatnoma uchun yig‘imni to‘lash tabiiy muhitdan istalgan miqdorda o‘simlik olish huquqini bermaydi. Maxsus foydalanish belgilangan kvota, ruxsatnoma va undagi shartlar doirasida amalga oshiriladi.

Chat