Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 14526 marta o'qildi

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab pedagogika va moliya-iqtisod sohalaridagi oliy ta’lim muassasalarida “5520100 – Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari bo‘yicha)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari uchun sirtqi ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimi joriy etiladi. 

Sirtqi ta’lim shakli doirasida:

  • o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida tashkil etiladi:
  • kadrlar tayyorlash bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejalari, fan dasturlarini ishlab chiqish uchun O‘zbekiston Milliy universiteti tayanch OTM hisoblanadi;
  • Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan berilgan tavsiyanomaga ega bo‘lgan hamda kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari talabalikka tavsiya etiladi;
  • tasviyanoma asosida o‘qiyotgan talabalar o‘qishini boshqa bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga ko‘chirishga ruxsat berilmaydi.

Tavsiyanomalar berishning mezonlari:
  • egallab turgan lavozimida so‘nggi bir yil davomida faoliyat yuritayotganligi;
  • mahalla tizimida kamida 3 yillik ish stajiga ega bo‘lganligi;
  • faoliyat yuritayotgan fuqarolar yig‘ini reyting ko‘rsatkichi bo‘yicha «namunali» deb topilganligi;
  • viloyat, tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmalari, bo‘limlari tomonidan ijobiy tavsiflanganligi;
  • xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari tomonidan ish faoliyati ijobiy deb baholanganligi;
  • intizomiy jazo chorasi qo‘llanilmaganligi.

Mahalla xodimlariga tavsiyanomalar berish Mahalla va tadbirkorlik agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

Chat