
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan er uchastkasini xususiylashtirish — davlat mulkidagi er uchastkasini haq evaziga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi yoki yuridik shaxs mulkiga o‘tkazishdir.
Xususiylashtirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Xususiylashtirish ixtiyoriy va pulli hisoblanadi. Shaxsni er uchastkasini xususiylashtirishga majburlash taqiqlanadi.
Quyidagilar xususiylashtirish ob’ekti bo‘lishi mumkin:
Bo‘sh turgan er uchastkalari elektron onlayn-auktsion orqali xususiylashtiriladi. Davlat ko‘chmas mulk ob’ekti joylashgan er uchastkasi, qoida tariqasida, ushbu ko‘chmas mulk ob’ekti bilan birga xususiylashtiriladi.
Quyidagi er uchastkalari xususiylashtirilmaydi:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari er uchastkalarini xususiylashtirish sub’ektlari hisoblanadi.
Chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, chet el yuridik shaxslari, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar, davlat organlari, davlat muassasalari va korxonalari, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xususiylashtirish sub’ektlari bo‘lmaydi.
Er uchastkasini xususiylashtirish ixtiyoriydir. Huquq egasini er uchastkasini sotib olishga majburlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Foydalanishdagi er uchastkasini xususiylashtirish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP orqali ariza beriladi. Bo‘sh turgan er uchastkasini sotib olish uchun esa E-auksion elektron savdosida ishtirok etiladi.
Foydalanishdagi er uchastkasining sotib olish qiymati er solig‘ining xususiylashtirish vaqtidagi bazaviy stavkasiga nisbatan belgilangan me’yorlar asosida hisoblanadi. Auktsionga chiqarilgan er uchastkasining yakuniy qiymati elektron savdo natijasiga ko‘ra aniqlanadi.
Xususiylashtirish yakunlangandan keyin er uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Mulkdor er uchastkasidan uning ruxsat etilgan foydalanish turiga rioya qilgan holda foydalanishi va uni qonunchilikda belgilangan tartibda tasarruf etishi mumkin.