Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 24279 marta o'qildi

Shaharsozlik tushunchasi

Shaharsozlik — aholi punktlari va aholi punktlariaro hududlarni rejalashtirish hamda qurishning ijtimoiy-iqtisodiy, qurilish-texnik va arxitektura-badiiy echimlarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlarini hisobga olgan holda ta’minlovchi nazariya va amaliyotdir.

Shaharsozlik faoliyati hududlarni rivojlantirish, aholi uchun qulay hayot muhitini yaratish, qurilishlarni rejali joylashtirish, muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishni qamrab oladi.

Asosiy tushunchalar

Aholi punkti — huquqiy maqom, nom va chegara bilan belgilangan ma’muriy-hududiy birlik bo‘lib, shahar, shaharcha, qishloq yoki ovuldan iborat bo‘lishi mumkin.

Aholi punktining bosh rejasi — aholi punktini hududiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari hamda fuqarolar uchun qulay hayot muhitini kompleks shakllantirish shartlarini belgilaydigan shaharsozlik hujjatidir.

Qizil chiziqlar — mavze, kichik daha va boshqa rejalashtirish tuzilmalari hududlarini aholi punktining ko‘chalari, tor ko‘chalari va maydonlaridan ajratib turuvchi chegaralardir.

Shaharsozlik hujjatlari hududlarni va aholi punktlarini rivojlantirishni rejalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish hamda obodonlashtirishga oid tasdiqlangan hujjatlarni qamrab oladi.

Shaharsozlik faoliyati ob’ektlari

Quyidagilar shaharsozlik faoliyati ob’ektlari hisoblanadi:

  • O‘zbekiston Respublikasi hududi va uning alohida qismlari;
  • aholi punktlari va aholi punktlariaro hududlar;
  • er uchastkalari, binolar va inshootlar;
  • hududiy-ishlab chiqarish, shaharsozlik va landshaft majmualari;
  • rekreatsiya va ishlab chiqarish zonalari;
  • madaniy meros ob’ektlari va ularning muhofaza zonalari;
  • muhandislik va transport kommunikatsiyalari;
  • tashqi reklama va axborot konstruktsiyalari;
  • aholi punktlari chegarasidagi va aholi punktlariaro hududlardagi akvatoriyalar.

Shaharsozlik faoliyati sub’ektlari

Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el yuridik va jismoniy shaxslari shaharsozlik faoliyati sub’ektlari bo‘lishi mumkin.

Ular shaharsozlik sohasida:

  • buyurtmachi;
  • shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchi;
  • qurilish ishlarini bajaruvchi pudratchi;
  • shaharsozlik ob’ektidan foydalanuvchi sifatida ishtirok etadi.

Shaharsozlik normalari va qoidalari shaharsozlik sohasidagi normativ hujjatlarning asosini tashkil etadi. Ularning talablariga barcha davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar rioya etishi shart.

Chat