Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi:
Alohida tartibga solinadigan shaharsozlik ob’ektlarining hujjatlari maxsus vakolatli davlat organining ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo‘linmalari tomonidan ekspertizadan o‘tkaziladi.
Ekspertiza jarayonida shaharsozlik hujjatlarining quyidagilarga muvofiqligi tekshiriladi:
Qurilish ob’ektlarining shaharsozlik hujjatlari zilzilaga bardoshlilik va yong‘in xavfsizligi yuzasidan majburiy ekspertizadan o‘tkaziladi.
Quyidagi ob’ektlarning shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish majburiy emas:
To‘g‘ridan-to‘g‘ri, shu jumladan chet el investitsiyalari hisobidan quriladigan ob’ektlarda faqat shaharsozlik hujjatlarining smeta qismini ekspertizadan o‘tkazish talab etilmaydi. Bu boshqa majburiy ekspertiza talablarini bekor qilmaydi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 579-son qaroriga muvofiq, shaharsozlik hujjatlari ekspertiza tashkilotiga «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi.
Buyurtmachi ekspertizaga taqdim etilgan hujjatlarning to‘liqligi va ulardagi ma’lumotlarning ishonchliligi uchun javob beradi.
Ekspertiza buyurtmachi va ekspert tashkiloti o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida o‘tkaziladi. Ekspertiza xarajatlari loyihani ishlab chiqish qiymatiga kiritiladi.
Ijobiy ekspertiza xulosasi «Ekspert xulosalarining yagona reestri»ga kiritilgan taqdirdagina haqiqiy hisoblanadi.
Ijobiy xulosa shaharsozlik hujjatlarini kelishish, tasdiqlash va keyinchalik amalga oshirish uchun asos bo‘ladi.