Qurilishni nazorat qilish qurilishga tayyorgarlik ko‘rish, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish hamda ob’ektni foydalanishga qabul qilish jarayonida qonunchilik va shaharsozlik normalariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.
Qurilish ob’ektida quyidagi nazorat turlari ta’minlanishi shart:
Shaharsozlik sohasidagi davlat nazorati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspektsiyasi hamda uning hududiy inspektsiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Inspektsiya va uning hududiy bo‘linmalari:
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20 apreldagi 200-son qaroriga muvofiq, qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun buyurtmachi Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali hududiy inspektsiyaga murojaat qilib, tegishli ruxsatnomani olishi kerak.
Ruxsatnoma olish jarayonida:
Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ruxsatnoma olmasdan qurilish ishlarini amalga oshirish taqiqlanadi. Bu ishlar to‘xtatilishi, javobgarlik choralari qo‘llanilishi yoki ob’ektni buzdirish haqida sudga da’vo kiritilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Texnik nazorat mutaxassisi qurilish-montaj ishlarining sifati, qo‘llanilayotgan materiallar va konstruktsiyalarning loyiha talablariga muvofiqligini nazorat qiladi.
Mualliflik nazorati mutaxassisi qurilish ishlarining tasdiqlangan loyiha echimlariga muvofiq bajarilishini tekshiradi.
Ichki nazorat pudratchi tomonidan qurilish jarayonida texnologik talablarga va tasdiqlangan hujjatlarga rioya etilishini ta’minlaydi.
Qurilish-montaj ishlarining sifati pudratchining qurilish laboratoriyasi yoki shartnoma asosida jalb etilgan laboratoriya tomonidan tekshiriladi.
Qurilishi tugallangan ob’ekt:
Qabul qilish pudratchi va buyurtmachi tomonidan imzolanadigan topshirish-qabul qilish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Qurilishi tugallangan ob’ektdan foydalanishga ruxsatnoma ob’ektdan foydalanish hamda unga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.