Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 13767 marta o'qildi

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzurida Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi va uning hududiy bo‘limlari tashkil etildi.

Markazning asosiy vazifalari:
  • tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan, o‘z joniga suiqasd qilgan yoki o‘z joniga qasd qilishga moyilligi bo‘lgan xotin-qizlarga anonim tarzda shoshilinch tibbiy, psixologik, ijtimoiy, pedagogik, huquqiy va boshqa yordam ko‘rsatish;
  • og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan, shu jumladan oilaviy muammolar va turmushida zo‘rlik ishlatilishiga duch kelgan xotin-qizlar huquqlarining kafolatlarini ta’minlashga ko‘maklashish;
  • davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining xotin-qizlarning o‘z joniga qasd va suiqasd qilish holatlarini o‘rganish, bunday holatlarning oldini olish, shuningdek, o‘z joniga suiqasd qilgan xotin-qizlarni normal hayotga qaytarish bo‘yicha faoliyatiga yaqindan ko‘maklashish;
  • «Ayollar daftari»ga kiritilgan psixologik va huquqiy maslahatga muhtoj xotin-qizlarni (tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan, ijtimoiy muammolari mavjud xotin-qizlar) har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularni «Ayollar daftari»dan chiqarish choralarini ko‘rish va boshqalar.

Markazga quyidagilar joylashtiriladi:
  • zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar va ularning voyaga etmagan farzandlari;
  • o‘z joniga suiqasd qilgan yoki o‘z joniga qasd qilishga moyilligi bo‘lgan xotin-qizlar.

2021-yil 1-iyundan:

  • himoya orderi nusxasini olgan, ya’ni tazyiq o‘tkazgan va (yoki) zo‘ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar profilaktik hisobga olinadi;
  • markazlarga murojaat qilgan xotin-qizlar va ularning voyaga etmagan farzandlarining yo‘qotilgan biometrik pasportlarini (identifikatsiya ID-kartalarini) tiklab berish choralari ko‘riladi.
Chat