Hududlarni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish respublika, hududiy, tuman va aholi punkti darajasida amalga oshiriladi. Har bir quyi darajadagi shaharsozlik hujjati yuqori darajada tasdiqlangan rejalashtirish qarorlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.
Rejalashtirish hujjatlari aholi punktlarini rivojlantirish, erdan oqilona foydalanish, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish, muhandislik va transport infratuzilmasini shakllantirish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish uchun asos bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhi mamlakat hududini uzoq muddatli rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi.
Unda quyidagi masalalar bo‘yicha loyihaviy echimlar nazarda tutiladi:
Bosh tarhni ishlab chiqishda mamlakatning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasi, xalqaro va mintaqaviy integratsiya jarayonlari, qo‘shni davlatlar hududlarining rivojlanishi hamda jahon tendentsiyalari hisobga olinadi.
Ikki yoki undan ortiq hududning o‘zaro bog‘liq rivojlanishi yig‘ma rejalashtirish tarhlarida belgilanadi. Alohida tarmoqlar — transport, energetika, muhandislik kommunikatsiyalari, turizm va boshqa sohalarning hududiy rivojlanishi tarmoq tarhlari asosida rejalashtirilishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rejalashtirish tarhlari tegishli hududdagi aholi punktlari, ishlab chiqarish ob’ektlari, infratuzilma va tabiiy resurslarning o‘zaro muvofiq rivojlanishini belgilaydi.
Tumanni rejalashtirish loyihasi esa tuman doirasida erlardan foydalanish, aholi punktlarini rivojlantirish, muhandislik va transport tarmoqlarini joylashtirish bo‘yicha aniqroq echimlarni nazarda tutadi.
Aholi punkti bosh rejasida uning funktsional hududlari, qurilish yo‘nalishlari, transport va muhandislik infratuzilmasi, yashil hududlari, ijtimoiy ob’ektlari hamda rivojlanish istiqbollari belgilanadi.
Bosh rejaning echimlari aholi punkti chegarasi tarhi, batafsil rejalashtirish loyihasi va qurilish loyihalarida aniqlashtiriladi.
Er uchastkalarini ajratish, ob’ektlarni joylashtirish va qurilishni amalga oshirishda tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlaridagi talablarga rioya qilinishi shart.