Qurish qoidalari muayyan hudud yoki aholi punktida shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish, binolar va inshootlarni joylashtirish, er uchastkalaridan foydalanish hamda hududlarni obodonlashtirish tartibini belgilaydi.
Qurish qoidalari:
Ularda energiya tejovchi, ekologik xavfsiz va ijtimoiy foydali texnologiyalarni qo‘llash uchun shart-sharoit yaratilishi kerak.
Qurish qoidalari kuchga kirguniga qadar qonuniy tartibda berilgan qurilishga ruxsat beruvchi hujjatlar o‘z kuchini saqlab qoladi. Biroq bunday hujjatlar asosidagi qurilish aholi xavfsizligi talablariga javob bermasa, ularni amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ilgari berilgan ruxsatnoma qurilishni xavfsizlik, sanitariya, yong‘in va boshqa majburiy talablarga rioya qilmasdan amalga oshirish huquqini bermaydi.
Hududlarni zonalashtirish qulay yashash muhitini ta’minlash, tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, aholi va ishlab chiqarish ob’ektlarining haddan tashqari zich joylashishi hamda atrof-muhit ifloslanishining oldini olishga qaratilgan.
Zonalashtirishda madaniy meros ob’ektlari, qishloq xo‘jaligi erlari, o‘rmonzorlar, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va muhandislik infratuzilmasi ham hisobga olinadi.
Shaharsozlik faoliyatiga oid cheklovlar quyidagi hududlarda belgilanishi mumkin:
Aholi punktlarida quyidagi hududiy zonalar belgilanishi mumkin:
Mahalliy sharoitdan kelib chiqib, xalq deputatlari tuman yoki shahar Kengashi boshqa hududiy zonalarni ham belgilashi mumkin.
Har bir zona uchun shaharsozlik reglamentida belgilangan huquqiy rejim shu zonadagi barcha er uchastkalari, binolar va inshootlarga bir xil tatbiq etiladi.
Turar joy zonalari ko‘p qavatli, o‘rta va kam qavatli uylar hamda yakka tartibdagi uy-joylarni joylashtirish uchun mo‘ljallangan.
Ushbu zonalarda atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatmaydigan va sanitariya-himoya zonasini tashkil etish talab qilinmaydigan ijtimoiy, madaniy-maishiy, diniy, savdo, xizmat ko‘rsatish va avtomobilь turargohi ob’ektlari joylashtirilishi mumkin.
Biroq turar joy zonalarida 100 tadan ortiq o‘tirish joyiga ega umumiy ovqatlanish korxonalari, kinoteatrlar, ochiq yozgi sahnalar va raqs maydonchalarini joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ishlab chiqarish zonalarida sanoat, kommunal, omborxona, muhandislik va transport infratuzilmasi ob’ektlari joylashtiriladi.
Sanoat, kommunal yoki omborxona ob’ektining sanitariya-muhofaza zonasida:
Shahar atrofi zonasining chegarasi va undan foydalanish rejimi hududiy rejalashtirish tarhlari, tumanni rejalashtirish loyihasi va shaharning bosh rejasida belgilanadi.
Shahar atrofi zonalarida sanitariya-himoya va rekreatsiya vazifasini bajaradigan hududlar ajratiladi. Bunday hududlarda atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatadigan xo‘jalik faoliyati taqiqlanadi.
Shahar atrofi zonasi chegarasida binolar va inshootlarni qurish, rekonstruktsiya qilish yoki kengaytirish shaharning ijro etuvchi hokimiyat organi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.