Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 16924 marta o'qildi

Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qishga qabul qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun TDYuU magistraturasiga kirish imtihonlari 5-avgustdan 25-avgustgacha bo‘lgan muddatda test sinovlari shartida o‘tkaziladi.

Test sinovlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi.

Test sinovlari o‘tkaziladigan fanlarlarning o‘quv dasturlari hamda o‘quv adabiyot (darslik va o‘quv qo‘llanma)larining ro‘yxati test sinovlari boshlanishidan kamida 2 oy oldin test topshiriqlarini shakllantirish uchun Davlat test markaziga taqdim etiladi va TDYuU veb-saytiga joylashtiriladi.

  • TDYuU magistraturasiga o‘qishga kirish uchun abiturientlar O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tadi.
  • Abiturientlar har yili 1-iyuldan 30 iyulgacha (shu kuni ham) bo‘lgan muddatda ro‘yxatdan o‘tadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun zarur hujjatlar:
  • oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (yoki diplomdan ko‘chirma — O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bo‘yicha o‘qib tugatganlar uchun) berilgan ta’lim muassasasi nomi, seriyasi, raqami;
  • xorijiy tilni V2 darajasida bilish darajasi to‘g‘risidagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat;
  • davlat stipendiyalari bilan taqdirlash to‘g‘risidagi hujjat — mavjud bo‘lganda.

Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, baholash mezonlari, test topshiriqlari soni hamda vaqt me’yorlari TDYuU tomonidan Davlat test markazi bilan kelishgan holda belgilanadi.


Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish tartibi.

Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga ayrim toifadagi abiturientlarni kirish test sinovlarisiz qabul qilish tartibi

Chat