Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 22119 marta o'qildi

about

Fond kimlarni qo‘llab-quvvatlaydi?

Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi ijtimoiy himoyaga muhtoj va og‘ir hayotiy vaziyatga tushgan bolalarga manzilli ijtimoiy, tibbiy va moddiy yordam ko‘rsatishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Fondning asosiy vazifalariga:

  • og‘ir vaziyatga tushgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarga manzilli yordam ko‘rsatish;
  • hayot uchun xavfli og‘ir, surunkali va kam uchraydigan — orfan kasalliklarni tashxislash va davolashga ko‘maklashish;
  • ehtiyojmand oilalar farzandlari va nogironligi bo‘lgan bolalarni dori vositalari, tibbiy hamda protez-ortopedik buyumlar bilan ta’minlash;
  • jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning ta’lim olishiga ko‘maklashish;
  • nogironligi bo‘lgan bolalarni ijtimoiy moslashtirish va kasb-hunarga o‘rgatish;
  • yuqori texnologik ixtisoslashgan reabilitatsiya yordamini moliyalashtirish kiradi.

Og‘ir kasal bolani parvarishlayotgan oila ham yordam olishi mumkinmi?

Fond vazifalari qatoriga og‘ir tashxisli kasalligi bo‘lgan bolalarni parvarishlayotgan Ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalarni homiylikka olish ham kiritilgan. Bu qoida 2026-yil 1 fevraldan amal qiladi.

Fondga qanday murojaat qilish mumkin?

Homiylik yordami olish uchun jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari Fond ijro direktsiyasi tomonidan qabul qilinadi.

Murojaat:

  • yozma — pochta orqali yoki shaxsan;
  • elektron — Fond veb-sayti, Xalq qabulxonasi va boshqa elektron kanallar orqali;
  • og‘zaki — shaxsiy qabul yoki Call-markaz orqali

berilishi mumkin. Kelib tushgan murojaatlar kunlik o‘rganiladi va tahlil qilinadi.

Yordam avtomatik ravishda beriladimi?

Yo‘q. Murojaatdagi ehtiyoj Fondning maqsad va vazifalariga mosligi, oilaning ijtimoiy holati va imkoniyatlari o‘rganiladi. Qonunchilikda belgilangan axborot tizimlari ma’lumotlaridan foydalanilishi va zarur holda joyiga chiqib o‘rganish o‘tkazilishi mumkin.

Shoshilinch tibbiy yordam va kechiktirib bo‘lmaydigan boshqa homiylik yordamlari istisno tartibida Fond Vasiylik kengashi raisi roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

Fond mablag‘lari qaerdan shakllanadi?

Fond mablag‘lari, jumladan:

  • jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy xayriyalari;
  • davlat, xorijiy va xalqaro tashkilotlar grantlari;
  • kraudfanding orqali kelib tushadigan mablag‘lar;
  • vaqtincha bo‘sh mablag‘larni bank depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
  • qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shakllanadi.

Eslatma: Fondga murojaat qilinganining o‘zi moddiy yordam avtomatik ravishda tayinlanishini anglatmaydi. Murojaat bolaning va oilaning holati hamda Fond vazifalariga muvofiqligi asosida o‘rganiladi.

Chat