Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 8408 marta o'qildi

Oliy harbiy ta’lim muassasalarida (OHTM) xorijiy harbiy kadrlarga ta’lim berish ikki tomonlama xalqaro shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.

OHTMda xorijiy harbiy kadrlar uchun yillik qabul kvotalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.

Xorijiy harbiy kadrlarni o‘qishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga xorijiy davlatlarning mudofaa sohasidagi vakolatli organlari taqdim etgan murojaatga asosan rejalashtiriladi.

Xorijiy davlatlarning mudofaa sohasidagi vakolatli organlarining xorijiy harbiy kadrlar  ta’lim olishi uchun murojaat qilish muddati, ularni ko‘rib chiqish va o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi qaror o‘qish boshlangunga qadar 4 oydan kam bo‘lmagan muddatda kvotalar miqdorini aniqlashni inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan qabul qilinadi.

  • OHTMda xorijiy harbiy kadrlarga ta’lim berish xarajatlarini qoplash tartibi.
  • OHTMga xorijiy harbiy kadrlar kirish imtihonlarisiz o‘qishga qabul qilinadi.
  • Talab etilgan hajmdagi ta’lim dasturlarini o‘zlashtirgan xorijiy harbiy kadrlarga dastlabki «leytenant» harbiy unvoni, mutaxassisligi bo‘yicha toifa beriladi.
  • O‘qish davrida xorijiy harbiy kadrlarning turarjoy ta’minotini amalga oshirish tartibi.

Xorijiy harbiy kadrlar quyidagi huquqlarga ega:
  • OHTM ilmiy-tadqiqot ishlarida (maxfiy grifdagi ilmiy-tadqiqot ishlari bundan mustasno), talabalarning ilmiy jamiyatlari va to‘garaklarida qatnashish;
  • OHTM maxfiy bo‘lmagan kutubxonalari, sport majmualari, klublari va madaniyat saroylaridan foydalanish;
  • dam olishning uyushtirilgan turlarida qatnashish.

Xorijiy harbiy kadrlar quyidagilarga majbur:
  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qilish, mahalliy urf-odatlar va an’analarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, respublikada xorijiy fuqarolarning bo‘lishi va harakatlanishi bo‘yicha belgilangan qoidalarni bajarish;
  • harbiy intizomga qat’iy rioya qilish, mashg‘ulotlar va o‘quvlarda qatnashish, o‘quv rejalari va dasturlarida nazarda tutilgan o‘quv ishlarining barcha turlarini bajarish, imtihon va sinovlarni belgilangan muddatlarda topshirish;
  • OHTM ichki tartib-qoidalariga rioya qilish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, OHTM rahbarlari va komandirlarning ko‘rsatma hamda farmoyishlarini bajarish.

OHTMda belgilangan ichki tartib-qoidalarga rioya etmagan, o‘quv fani dasturini o‘zlashtirmagan xorijiy harbiy kadrlarga belgilangan tartibda o‘qishdan chetlashtirish choralar ko‘rilishi mumkin.

Chat