Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 18355 marta o'qildi

Ma’lumotnoma mazmuni

Mazkur ma’lumotnoma fuqaroning ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida:

  • turishi;
  • turmasligi haqidagi rasmiy ma’lumotni tasdiqlaydi.

Xizmat O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi tizimi orqali ko‘rsatiladi.

Murojaat qiluvchilar

Ma’lumotnomani:

  • fuqaroning o‘zi;
  • uning ota-onasi;
  • eri yoki xotini;
  • bolalari;
  • aka-ukalari yoki opa-singillari olishi mumkin.

Boshqa ishonchli vakil murojaat qilganda notarial tasdiqlangan ishonchnoma taqdim etiladi.

Murojaat qilish tartibi

Ariza:

  • Davlat xizmatlari markaziga shaxsan;
  • Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali elektron shaklda beriladi.

So‘rovnomada quyidagilar ko‘rsatiladi:

  • familiya, ism va ota ismi;
  • avvalgi F.I.O. — o‘zgargan bo‘lsa;
  • pasport yoki ID-karta ma’lumotlari va JShShIR;
  • yashash manzili;
  • telefon raqami va mavjud bo‘lsa elektron pochta;
  • ma’lumotnoma tili — o‘zbek, rus yoki ingliz tili.

Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilinganda so‘rovnoma markaz xodimi tomonidan to‘ldiriladi va ariza beruvchi tasdiqlaganidan keyin elektron shaklda vakolatli organga yuboriladi.

Xizmat narxi va muddati

Ma’lumotnoma berish uchun BHMning 2 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

Xizmat real vaqt rejimida ko‘rsatiladi. Natija vakolatli organning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan va QR-kod qo‘yilgan ma’lumotnoma shaklida taqdim etiladi.

Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilinganda ma’lumotnoma elektron yoki fuqaroning xohishiga ko‘ra qog‘oz shaklida beriladi.

Muhim: ushbu xizmatdan foydalanish jarayonida narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi haqidagi ma’lumotnomani ham kompozitsion tarzda buyurtma qilish mumkin. Har bir ma’lumotnoma uchun belgilangan yig‘im bir yo‘la to‘lanadi.

Xizmatni rad etish va xatolarni tuzatish

So‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi yoki belgilangan yig‘im to‘lanmasligi xizmatni rad etish uchun asos bo‘ladi. Boshqa asoslar bilan rad etish taqiqlanadi.

Ma’lumotnomada vakolatli organ aybi bilan noto‘g‘ri ma’lumot rasmiylashtirilgan bo‘lsa, fuqaro 15 kun ichida qo‘shimcha yig‘im to‘lamasdan qayta murojaat qilishi mumkin.

Xizmat davomida olingan ma’lumotlarning maxfiyligi davlat xizmatlari markazi va vakolatli organ tomonidan ta’minlanadi.

Chat