Nogironligi bo‘lgan shaxslar, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan bolalarning protez-ortopediya moslamalari yoki reabilitatsiya vositalariga muhtojligi tibbiy ko‘rsatmalar asosida Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi — TIEK tomonidan belgilanadi.
Shaxs nogironligi bo‘lgan shaxs yoki nogironligi bo‘lgan bola deb topilayotganda, TIEK bir vaqtning o‘zida uning tegishli protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasiga muhtojligini ham belgilaydi.
Protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasi uchun tibbiy xulosa olish maqsadida alohida elektron ariza berish va talon rasmiylashtirish talab etilmaydi.
Muhtojlik belgilanib, nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma rasmiylashtirilganidan keyin ma’lumotlar 10 daqiqa ichida avtomatik ravishda «Yagona milliy ijtimoiy himoya» axborot tizimidagi elektron ro‘yxatga kiritiladi.
Shaxsning protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasiga muhtojligi birinchi marta belgilanganda yoxud uning takroran ta’minlanish huquqi yuzaga kelganda, har bir vosita uchun alohida bir martalik elektron vaucher avtomatik shakllantiriladi.
Vaucher shakllanganidan keyin 10 daqiqa ichida shaxsning mobil telefon raqamiga SMS-xabar yuboriladi. Bu haqda yashash joyidagi «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazining axborot tizimidagi shaxsiy kabinetiga ham xabar kelib tushadi.
Ayrim qiymati BHMning 30 foizidan oshmaydigan reabilitatsiya vositalarini xarid qilish uchun mablag‘ ijtimoiy kartaga o‘tkazilishi mumkin.
Vaucher shakllanganligi haqida xabar olgan shaxs yoki uning qonuniy vakili «Ijtimoiy himoya» axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tib, shaxsiy kabinet orqali elektron savdo platformasida kerakli vositani tanlaydi va buyurtma beradi.
Shaxs mustaqil ravishda buyurtma bera olmasa, «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi uni axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish va uning nomidan buyurtma shakllantirishda yordam beradi.
Reabilitatsiya vositasi sotuvchi tomonidan bevosita yoki pochta aloqasi orqali etkazib beriladi. Davlat mablag‘i belgilangan qoplash miqdori doirasida to‘lanadi. Tanlangan vosita narxi qoplash miqdoridan yuqori bo‘lsa, farqni xaridor to‘laydi.
Vositaning belgilangan foydalanish muddati tugaganda, tibbiy ko‘rsatmalar saqlangan bo‘lsa, yangi vaucher umumiy tartibda avtomatik shakllantiriladi yoki TIEK tomonidan takroran muhtojlik belgilanadi.
Qayta TIEK ko‘rigi talab etilsa, shaxsga vositaning foydalanish muddati tugashidan kamida bir oy oldin SMS-xabar yuboriladi.
Vosita foydalanish muddati tugamasdan quyidagi hollarda almashtirilishi mumkin:
Bunday holatda shaxs «Ijtimoiy himoya» axborot tizimi, «Inson» markazi yoki TIEK orqali murojaat qiladi. Zarur hollarda TIEK ko‘rigi 10 kun ichida o‘tkaziladi.
Protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasini boshqa shaxsga berish, sotish, sovg‘a qilish, qismlarini almashtirish yoki undan boshqa maqsadda foydalanish taqiqlanadi.
Mobil telefon raqami o‘zgarganda shaxs 10 kun ichida «Inson» markazi yoki ijtimoiy xodimga murojaat qilib, yangi raqamni elektron ro‘yxatda yangilashi lozim.
Mansabdor shaxslar, sotuvchi yoki elektron savdo maydonchasi operatorining harakati ustidan Ijtimoiy himoya milliy agentligiga yoki bevosita sudga shikoyat qilish mumkin.