Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 14268 marta o'qildi

Murojaat qilish tartibi

Jismoniy va yuridik shaxslar:

  • Davlat xizmatlari markaziga bevosita murojaat qiladi;
  • yoki YaIDXP orqali elektron so‘rovnoma yuboradi.

So‘rovnomadan tashqari boshqa hujjatlar talab qilinmaydi. YaIDXP orqali murojaat qilinganda so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash shart emas.

Agar xizmat hisoblagichni qiyoslashdan o‘tkazmasdan faqat echish yoki o‘rnatish uchun so‘ralsa, yig‘im undirilmaydi.

Hisoblagichni echish

Hisoblagich faqat hududiy gaz ta’minoti tashkiloti vakillari tomonidan talabgor ishtirokida echiladi.

So‘rovnoma kelib tushganidan keyin 5 ish kuni ichida:

  • talabgor bilan vaqt kelishiladi;
  • hisoblagich uning ishtirokida echiladi;
  • dalolatnoma 2 nusxada tuziladi;
  • bir nusxa talabgorga beriladi.

Hisoblagichni o‘rnatish va plombalash

Hisoblagich o‘rnatish uchun asos yuzaga kelgandan keyin hududiy gaz ta’minoti tashkiloti 3 ish kuni ichida talabgor bilan kelishilgan vaqtda manzilga chiqadi.

O‘rnatish haqidagi dalolatnoma 3 nusxada tuziladi va uning bir nusxasi talabgorda qoldiriladi. Agar qiyoslash talab etilmagan bo‘lsa, hisoblagich o‘rnatilishi bilan bir vaqtda plombalanadi.

Talabgor kelishilgan vaqtda manzilda bo‘lmasa, tegishli dalolatnoma tuzilib, murojaat ko‘rmasdan qoldirilishi mumkin.

Chat