Jismoniy va yuridik shaxslar:
Talabgor belgilangan shakldagi so‘rovnomani to‘ldiradi. Undan qo‘shimcha hujjatlar talab qilish taqiqlanadi. YaIDXP orqali yuborilgan so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab qilinmaydi.
Hisoblagichni faqat Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi vakillari talabgor ishtirokida echishi mumkin.
HETK so‘rovnoma kelib tushganidan keyin 5 ish kuni ichida talabgor bilan vaqtni kelishadi va hisoblagichni echib oladi. Bunda dalolatnoma ikki nusxada tuzilib, uning bir nusxasi talabgorga beriladi.
Iste’molchi hisoblagichni mustaqil ravishda echishi yoki plombani buzishi mumkin emas.
Talabgor yoki uning vakili kelishilgan vaqtda belgilangan manzilda bo‘lmasa, bu haqda dalolatnoma tuzilib, murojaat ko‘rib chiqilmasdan qoldirilishi mumkin.
HETK hisoblagichni o‘rnatish uchun asos yuzaga kelganidan keyin 3 ish kuni ichida talabgor bilan kelishilgan vaqtda manzilga boradi.
O‘rnatish jarayonida:
Agar hisoblagichni qiyoslashdan o‘tkazish talab etilmasa, uni echish yoki o‘rnatish uchun yig‘im undirilmaydi.
Hisoblagichni echish, o‘rnatish va plombalash bilan bog‘liq ishlarni talabgor emas, HETK xodimlari amalga oshiradi.