Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 37542 marta o'qildi

Ma’lumotnoma mazmuni

Ma’lumotnoma shaxsga nisbatan:

  • nikoh qayd etilganligi;
  • qayd etilgan nikoh mavjud emasligi;
  • nikohdan ajralish qayd etilganligi haqidagi arxiv ma’lumotlarini tasdiqlaydi.

Xizmat jismoniy shaxslarga hududiy adliya organlarining FHDYo arxivlari tomonidan ko‘rsatiladi.

Murojaat qilish tartibi

Ariza:

  • Davlat xizmatlari markazi orqali;
  • YaIDXP — my.gov.uz orqali elektron shaklda beriladi.

So‘rovnomada ariza beruvchining shaxsiy ma’lumotlari, ma’lumotnoma tili, aloqa ma’lumotlari, dalolatnoma yozuvi qayd etilgan sana yoki taxminiy davr va hudud ko‘rsatiladi.

Uchinchi shaxs nomidan murojaat qilinganda notarial tasdiqlangan ishonchnoma talab etiladi. Qonuniy vakil vakolatini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi.

To‘lov va muddat

Xizmat:

  • umumiy tartibda — BHMning 5 foizi, 2 ish kunida;
  • tezlashtirilgan tartibda — BHMning 50 foizi, 1 ish kunida ko‘rsatiladi.

Muhim: ma’lumotnoma nikoh tuzilganligi yoki nikohdan ajralganlik haqidagi gerbli guvohnomaning o‘rnini bosmaydi. U arxivdagi holatni tasdiqlovchi ma’lumotnoma hisoblanadi.

Ma’lumotlar noto‘g‘ri ko‘rsatilsa, zarur vakolatni tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmasa yoki belgilangan yig‘im to‘lanmasa, xizmatni ko‘rsatish rad etilishi mumkin.

Chat