Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 18748 marta o'qildi

Ishni ta’lim bilan birga qo‘shib olib borayotgan shaxslar uchun imtiyozlar

Ishni ta’lim bilan qo‘shib olib borish uchun sharoitlar yaratib berish:

  • Ishlab chiqarishda kasbga doir ta’lim olayotgan, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda malakasini oshirayotgan yoki ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan xodimlarga ishni ta’lim bilan birga qo‘shib olib borishlari uchun ish beruvchi zarur sharoitlar yaratib berishi shart.

Ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan xodimlar uchun imtiyozlar:

  • Ta’lim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘qib, o‘quv rejasini bajarayotgan xodimlar mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlarda belgilangan tartibda ish joyidan haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’tilga chiqish, qisqartirilgan ish haftasi sharoitida ishlash va boshqa imtiyozlar olish huquqiga egadirlar.

Ta’lim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘qiyotganlar uchun yillik ta’tillar berish vaqti:

  • Ta’lim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘qiyotganlarga yillik ta’tillarni ish beruvchi ularning xohishiga ko‘ra imtihonlar va laboratoriya-imtihon sessiyalari vaqtiga to‘g‘rilab berishi shart.

Oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari topshirish uchun xodimlarga beriladigan ta’tillar:

  • Kirish imtihonlari topshirishga ruxsat etilgan xodimlarga oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun kamida o‘n besh kalendarь kun, muddat bilan ish haqi saqlanmagan holda ta’til beriladi, o‘quv yurtlari joylashgan erga borish va qaytib kelish vaqti bu hisobga kirmaydi.

Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar o‘quv yurtlarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olayotganlarga ish vaqti bo‘yicha beriladigan imtiyozlar:

  • Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olayotgan xodimlar diplom loyihasini (ishini) bajarish yoki bitiruv imtihonlari topshirishdan oldingi o‘n o‘quv oyi davomida mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun olti kunlik ish haftasi bo‘lganda haftada bir kun o‘rtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod etiladilar. Ish haftasi besh kunlik bo‘lsa, ishdan ozod etiladigan kunlar miqdori ish smenasining muddatiga qarab o‘zgaradi, ishdan ozod etiladigan soatlar miqdori esa saqlanib qoladi.

O‘quv yurti joylashgan erga borish uchun haq to‘lashdagi imtiyozlar:

  • Ish beruvchi oliy o‘quv yurtlarida sirtdan ta’lim olayotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyasida qatnashish maqsadida o‘quv yurti joylashgan erga borishi va u erdan qaytib kelishi uchun yiliga bir marta yo‘l kiraning ellik foizdan kam bo‘lmagan qiymatini to‘laydi.
  • Diplom loyihasi (ishi) tayyorlash va uni yoqlash yoki bitiruv imtihonlarini topshirish uchun borib kelinganda ham shunday miqdorda yo‘l kira to‘lanadi.

Ijodiy ta’tillar:

  • Ishlab chiqarish yoki pedagogik faoliyatni ilmiy ish bilan birga qo‘shib olib borayotgan shaxslarga doktorlik dissertatsiyasini yakunlash, shuningdek darsliklar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar yozish uchun asosiy ish joyida o‘rtacha oylik ish haqi va lavozimi saqlangan holda ijodiy ta’tillar beriladi.
  • Ijodiy ta’tillarni berish tartibi va ularning muddatlari qonunchilik bilan belgilab qo‘yiladi.
Chat