Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 3999 marta o'qildi

Davlat sudga qadar ish yuritishning va sud muhokamasining barcha bosqichlarida bolalarning qonunchilikda belgilangan barcha protsessual huquqlariga rioya etilishi hamda bu huquqlar kafolatlarining ta’minlanishi bo‘yicha choralar ko‘radi.

Bolaga har qanday ruhiy yoki jismoniy ta’sir o‘tkazish, uni ko‘rsatmalar berishga yoki aybini tan olishga majburlash taqiqlanadi.

Sudga qadar ish yuritish va sud muhokamasi jarayonida bolalarga nisbatan ular qonuniy vakillarining ishtirokisiz amalga oshiriladigan protsessual harakatlarni bajarish taqiqlanadi. Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda voyaga etmagan shaxsga nisbatan protsessual harakatlar uning katta yoshdagi yaqin qarindoshi, pedagog yoki ushbu shaxsning boshqa qonuniy vakili ishtirokida amalga oshirilishi mumkin.

Voyaga etmagan shaxsning jinoyatlari to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sudga qadar ish yuritishning va sud muhokamasining barcha bosqichlarida himoyachining ishtirok etishi shart. Bolaning va uning qonuniy vakillarining himoyachidan voz kechishi haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Qonunchilikda jinoyat protsessining ishtirokchilari bo‘lgan bolalar uchun boshqa kafolatlar ham nazarda tutilishi mumkin.

Chat