Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 20492 marta o'qildi

Vasiylik va homiylik tushunchasi

Vasiylik 14 yoshga to‘lmagan etim bola yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolani ta’minlash, tarbiyalash, o‘qitish hamda uning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish shaklidir.

Homiylik 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan etim bola yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolaga nisbatan belgilanadi.

Vasiylikdagi yoki homiylikdagi bola vasiy yoxud homiyning mulki emas. Barcha qarorlar bolaning manfaatlaridan kelib chiqib qabul qilinishi kerak.

Vakolatli organ

Voyaga etmagan shaxslarga nisbatan vasiylik va homiylikni belgilash tuman yoki shahar «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan amalga oshiriladi.

Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan voyaga etgan fuqarolar, shuningdek sog‘lig‘i sababli homiylikka muhtoj voyaga etgan shaxslar bo‘yicha tuman va shahar tibbiyot birlashmalari qonunchilikda belgilangan vakolatlarni amalga oshiradi.

Vasiy yoki homiyni tayinlash

Vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxs «Inson» ijtimoiy xizmatlar markaziga ariza beradi.

Nomzodni o‘rganishda:

  • uning muomala layoqati va sog‘lig‘i;
  • axloqiy va shaxsiy fazilatlari;
  • turmush va ta’minot sharoiti;
  • bola bilan munosabati;
  • oila a’zolarining munosabati;
  • bolaning yoshi va fikri hisobga olinadi.

Vasiy yoki homiy faqat voyaga etgan va rozilik bildirgan muomalaga layoqatli shaxs bo‘lishi mumkin. Bolaning qarindoshlari, odatda, ustuvor huquqqa ega.

Ota-onalik huquqidan mahrum qilingan, vasiylik majburiyatlaridan lozim darajada bajarmagani uchun chetlatilgan yoki qonunchilikda belgilangan boshqa to‘siqlarga ega shaxs tayinlanmaydi.

Tayinlash muddati va nazorat

Vasiylik yoki homiylik zarurati ma’lum bo‘lgan kundan boshlab bir oydan kechiktirmay vasiy yoki homiy tayinlanishi kerak.

Bolaga darhol himoya zarur bo‘lsa, dastlabki vasiy yoki homiy bir oyga tayinlanishi mumkin.

Bola vasiy yoki homiyning harakati yoxud harakatsizligi ustidan «Inson» ijtimoiy xizmatlar markaziga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.

Tartib «Vasiylik va homiylik to‘g‘risida»gi Qonun va Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-son qarorida belgilangan.

Chat