O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili — Bolalar ombudsmani bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshiradi.
Bolalar ombudsmani o‘z vakolatlarini mustaqil va davlat organlari hamda mansabdor shaxslarga tobe bo‘lmagan holda amalga oshiradi.
Uning asosiy vazifalari:
Bolalar ombudsmaniga:
Bola to‘liq muomala layoqatiga ega emasligi sababli uning shikoyatini ko‘rib chiqmasdan qoldirish taqiqlanadi.
Shikoyatda murojaat qiluvchining ma’lumotlari, shikoyat qilinayotgan tashkilot yoki mansabdor shaxs va huquqbuzilish mazmuni ko‘rsatilishi kerak. Anonim murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi.
Shikoyat huquqbuzilish ma’lum bo‘lgan yoki boshqa himoya vositalaridan foydalanilganidan keyin oxirgi qaror qabul qilingan paytdan boshlab bir yil ichida beriladi. Uzrli sabab bo‘lsa, o‘tkazib yuborilgan muddat tiklanishi mumkin.
Bolalar ombudsmaniga berilgan shikoyat uchun davlat boji undirilmaydi.
Ijtimoiy-huquqiy yordam markazi, ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasasi, tergov hibsxonasi yoki tarbiya koloniyasida turgan bola Bolalar ombudsmaniga cheklanmagan miqdorda xat va telegramma yuborishi mumkin.
Bunday murojaat tsenzura qilinmaydi va ma’muriyat tomonidan 24 soatdan kechiktirmay muhrlangan holda yuboriladi. Telegramma darhol yuborilishi shart.
Bolalar ombudsmani ushbu muassasalarga moneliksiz kirish va bola bilan boshqalar eshitmaydigan sharoitda xoli suhbatlashish huquqiga ega.
Uning maqomi va vakolatlari «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) to‘g‘risida»gi Qonunda belgilangan.