Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 7978 marta o'qildi

  • Gender strategiyasi doirasida belgilangan vazifalarni bajarish orqali quyidagi natijalarga erishish nazarda tutilmoqda:
  1. yuqori va quyi tizimdagi davlat organlarining rahbarlik lavozimlariga xotin-qizlarni tayinlash amaliyoti kengaytiriladi;
  2. siyosiy partiyalarni rag‘batlantirish orqali xotin-qizlar saylov jarayonlariga keng jalb qilinadi;
  3. aholi bandligi sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun kafolatlangan teng huquq hamda imkoniyatlar, shuningdek ular uchun munosib ish o‘rinlari yaratiladi, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan, ayniqsa qishloq joylardagi oilalar ish bilan ta’minlanadi, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarning samaradorligi oshiriladi, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ko‘lami kengayadi;
  4. xotin-qizlar va erkaklarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish tizimi takomillashtiriladi, jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan shakllangan salbiy qarashlar darajasi kamaytiriladi;
  5. xotin-qizlar va erkaklar uchun mehnat faoliyatini, jamiyat hayotida ishtirok etishni oilaviy majburiyatlar bilan birga olib borish uchun zarur sharoitlar yaratiladi;
  6. mehnat migrantlari bo‘lgan xotin-qizlar va erkaklarning huquq va erkinliklarini himoya qilish tizimi rivojlantiriladi, ularning huquqiy savodxonligi yuksaltiriladi;
  7. jamiyatda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, farzandlarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirishda xotin-qizlar va erkaklarning mas’uliyati hamda roli oshiriladi;
  8. oilaviy ajrimlarning oldini olish, bu kabi salbiy holatlarda xotin-qizlar, erkaklar hamda bolalarning huquqlarini ta’minlash mexanizmlari rivojlantiriladi;
  9. xotin-qizlar va erkaklarning oilani rejalashtirish borasidagi tibbiy madaniyati oshiriladi, zarur axborot va xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi;
  10. hududlarda, ayniqsa qishloq joylarida xotin-qizlar va erkaklarga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifati yaxshilanadi, ijtimoiy ahamiyatli va yuqumli kasalliklar bilan kasallangan bemorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi takomillashtiriladi;
  11. xotin-qizlarning ehtiyoji yuqori bo‘lgan sohalarda mahalliy va xorijiy ta’lim muassasalari tashkil etiladi;
  12. maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, tibbiyot hamda erkaklar ulushi kam bo‘lgan boshqa sohalarga erkaklar jalb qilinadi;
  13. ochiq va shaffof byudjet siyosatini amalga oshirish orqali xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasidagi tengsizlikni kamaytirish, xotin-qizlar va erkaklarga manzilli davlat xizmatlari ko‘rsatish, ularning sifati va samaradorligini oshirish choralari ko‘riladi;
  14. «Genderga yo‘naltirilgan byudjetlashtirish» tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi;
  15. vazirlik va idoralarning gender nuqtai nazaridan rejalashtirish va byudjetlashtirish bo‘yicha salohiyati oshiriladi, byudjet masalalariga doir barcha normativ-huquqiy va boshqa tusdagi hujjatlar loyihalari majburiy tartibda gender ekspertizasidan o‘tkazish amaliyoti joriy etiladi.
Chat