Yuridik va jismoniy shaxslar issiq suv hisoblagichini:
Murojaat Davlat xizmatlari markazi, YaIDXP yoki qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’minotchi korxona orqali amalga oshiriladi.
YaIDXP orqali murojaat qilinganda so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi. Talabgordan so‘rovnomada nazarda tutilmagan qo‘shimcha hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Ta’minotchi korxona hisoblagichni davriy qiyoslash muddati tugashidan 30 kun oldin iste’molchini yozma ravishda ogohlantiradi.
Navbatdagi davriy qiyoslash qiyoslash muddatiga 3 oy qolganda, iste’molchining alohida murojaatisiz, ta’minotchi korxona tomonidan proaktiv shaklda tashkil etiladi.
Ta’minotchi korxona iste’molchini belgilangan muddatda rasmiy ogohlantirmasa, iste’molchi hisoblagichni o‘z vaqtida qiyoslashdan o‘tkazmaganlikda aybdor hisoblanmaydi.
Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilinganda:
YaIDXP orqali murojaat qilinganda ushbu summaning 90 foizi, ya’ni tegishlicha BHMning 18 foizi yoki 1,35 baravari to‘lanadi.
Ta’minotchi korxonaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilinganda yoki xizmat proaktiv tarzda ko‘rsatilganda qiyoslash uchun:
Hisoblagichni qiyoslash nazarda tutilmagan holda faqat echish yoki o‘rnatish uchun yig‘im undirilmaydi. Echish, qiyoslash va o‘rnatish uchun bir vaqtda murojaat qilinsa, yig‘im bir marta undiriladi.
Belgilangan yig‘imlarga:
Ta’minotchi korxona hisoblagichni talabgor bilan kelishilgan vaqtda 5 ish kuni ichida dalolatnoma asosida echib oladi.
Metrologiya xizmati hisoblagichni qabul qilganidan keyin 3 ish kuni ichida qiyoslashdan o‘tkazadi:
Ta’minotchi korxona sertifikat yoki xabarnomani olganidan keyin hisoblagichni metrologiya xizmatidan 2 ish kuni ichida oladi. Yaroqli hisoblagich 3 ish kuni ichida qayta o‘rnatiladi va plombalanadi.
Hisoblagich iste’molchining aybisiz buzilganda yoki qiyoslash uchun echilganda, issiq suv uchun hisob-kitob avvalgi uch hisob-kitob oyidagi o‘rtacha sarf bo‘yicha amalga oshiriladi. Bu tartib bir oydan ortiq qo‘llanilishi mumkin emas.