
Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi yozma shaklda tuzilishi shart. Fuqarolar o‘rtasida tuziladigan oddiy uy-joy ijara shartnomasi uchun notarial tasdiq majburiy talab sifatida belgilanmagan.
Nizo kelib chiqmasligi uchun shartnomada, kamida:
Uy-joy ijara shartnomasi 5 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga tuziladi.
Agar shartnomada umuman muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u 5 yilga tuzilgan deb hisoblanadi.
1 yilgacha tuzilgan shartnoma qisqa muddatli ijara hisoblanadi va bunday shartnomaga Fuqarolik kodeksidagi ayrim maxsus qoidalar, agar taraflar shartnomada boshqacha belgilamagan bo‘lsa, avtomatik tatbiq etilmaydi.
Ha. Fuqarolar o‘rtasida tuzilgan uy-joy ijara shartnomasi davlat soliq organlarida hisobga qo‘yilishi shart.
Shartnomani soliq organida hisobga qo‘yish vazifasi ijaraga beruvchiga yuklatilgan. U shartnoma tuzilgan kundan boshlab 3 kundan kechiktirmay uni soliq organida hisobga qo‘yishi lozim.
Hisobga qo‘yish soliq organlarining maxsus axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirilishi mumkin va shartnomaning o‘zini hisobga qo‘yish uchun to‘lov undirilmaydi.
Ha. Turar joy egasi shartnomani soliq organida hisobga qo‘yish bilan bir vaqtda shartnomada ko‘rsatilgan ijaraga oluvchilarni ijara muddatiga vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish uchun so‘rov yuborishi mumkin.
Bunda ijaraga oluvchilar shartnomadagi muddatga avtomatik ravishda vaqtincha ro‘yxatga olinadi. Shartnoma muddati tugasa yoki u muddatidan oldin bekor qilinsa, vaqtincha ro‘yxat ham mulkdorning alohida murojaatisiz avtomatik bekor qilinadi.
Shartnomani soliq organida hisobga qo‘yish bepul, lekin bir vaqtning o‘zida vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish xizmati so‘ralsa, qonunchilikda belgilangan davlat boji undiriladi.
Ijara haqi miqdori taraflarning o‘zaro kelishuvi bilan shartnomada belgilanadi. Qonun yoki shartnomada boshqacha qoida bo‘lmasa, ijaraga beruvchi uni bir tomonlama o‘zgartira olmaydi.
Shartnomada to‘lov sanasi belgilangan bo‘lsa, ijaraga oluvchi shu muddatlarda to‘laydi. To‘lov muddati ko‘rsatilmagan bo‘lsa, haq har oy to‘lanadi.
Soliq solish maqsadida ijara to‘lovining eng kam stavkalari har yil uchun alohida belgilanadi.
Ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga doimiy yashash uchun yaroqli va bo‘sh uy-joyni topshirishi kerak.
U, shuningdek, ko‘p kvartirali uyning umumiy mol-mulki va kommunal xizmat ko‘rsatish qurilmalarining tegishli holatda saqlanishini ta’minlashi lozim.
Eslatma: fuqarolar o‘rtasida uy-joyni yozma shartnomasiz ijaraga berish yoki shartnomani soliq organida majburiy hisobga qo‘yish talabiga rioya qilmaslik 5 BHMdan 10 BHMgacha jarima solinishiga sabab bo‘ladi.