Ikkilamchi ijara — ijaraga oluvchining o‘zi ijaraga olgan uy-joyning hammasini yoki bir qismini belgilangan muddatga boshqa shaxsga haq evaziga foydalanish uchun berishidir.
Buning uchun ijaraga beruvchining roziligi talab etiladi.
Ha. Asosiy ijaraga oluvchi uy-joyni o‘z xohishi bilan boshqa shaxsga ikkilamchi ijaraga berib yubora olmaydi.
Ikkilamchi ijara faqat asosiy ijaraga beruvchining roziligi bilan amalga oshiriladi.
Nizolarning oldini olish uchun bunday rozilikni yozma ravishda rasmiylashtirish maqsadga muvofiq.
Yo‘q. Fuqarolik kodeksi uy-joyni ikkilamchi ijaraga berish haq evaziga amalga oshirilishini belgilaydi.
Shu jihati bilan u vaqtincha yashovchidan farq qiladi: vaqtincha yashovchi uy-joyda bepul yashaydi, ikkilamchi ijaraga oluvchi esa shartnoma asosida haq to‘laydi.
Ikkilamchi ijara shartnomasi tuzilganda bir kishiga to‘g‘ri keladigan uy-joy maydoni bo‘yicha qonunchilik talablariga rioya qilinishi kerak.
Ikkilamchi ijara shartnomasining muddati asosiy uy-joy ijara shartnomasining qolgan muddatidan uzoq bo‘lishi mumkin emas.
Masalan, asosiy ijara shartnomasi tugashiga 8 oy qolgan bo‘lsa, ikkilamchi ijarani 1 yilga tuzish mumkin emas.
Ikkilamchi ijaraga oluvchi uy-joydan foydalansa ham, asosiy shartnoma bo‘yicha ijaraga beruvchi oldida asosiy ijaraga oluvchi javobgar bo‘lib qoladi.
Ikkilamchi ijaraga oluvchi asosiy shartnoma bo‘yicha mustaqil ijaraga oluvchi maqomiga ega bo‘lmaydi.
Asosiy uy-joy ijara shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinsa, u bilan bir vaqtda ikkilamchi ijara shartnomasi ham bekor bo‘ladi.
Shuningdek, ikkilamchi ijaraga oluvchi yangi muddatga shartnoma tuzish bo‘yicha asosiy ijaraga oluvchiga berilgan imtiyozli huquqdan foydalana olmaydi.
Eslatma: asosiy shartnoma 1 yilgacha bo‘lgan qisqa muddatli ijara bo‘lsa, ikkilamchi ijaraga oid ushbu maxsus qoidalar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan holda avtomatik qo‘llanmaydi.