2022/2023 o‘quv yilidan boshlab Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan Turizm va sport vazirligi tizimiga kiradigan Respublika velosport mahorat maktab-internati tashkil etiladi.
O‘zbekiston velosport federatsiyasi huzurida O‘zbekiston professional velosipedchilar sport klubi tashkil qilinadi.
Velosportni rivojlantirish bo‘yicha respublika kengashi tashkil qilinadi. Uning vazifalari.
Sport-ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalarining velosport turlari bo‘yicha bo‘limlar va Klubning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha olib kelinadigan, respublikamizda ishlab chiqarilmaydigan sport anjomlari, jihozlari, kiyimlari va ekipirovkasi, ozuqa va ozuqa qo‘shimchalari, vitaminlar, uskunalar va materiallar, velosipedlarni tashishga mo‘ljallangan yangi va ishlab chiqarilganligiga 7 yil to‘lmagan maxsus avtotransport vositalari va tirkamalar 2024-yil 1 sentyabrga qadar bojxona bojidan ozod etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. PQ-5251-son. 24.09.2021-y.