Aholi punktining bosh rejasi aholi punktini hududiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari va fuqarolar uchun qulay hayot muhitini kompleks shakllantirish shartlarini belgilaydigan shaharsozlik hujjatidir.
Bosh rejada:
Aholi punktining bosh rejasi 20–25 yillik hisob-kitob davriga mo‘ljallab ishlab chiqiladi.
U:
Shaharning bosh rejasi va shahar atrofi zonasini rejalashtirish loyihasi chegaradosh hududlarning ijro etuvchi hokimiyat organlari kelishuvi asosida yagona hujjat sifatida ishlab chiqilishi mumkin.
Madaniy meros ob’ektlari mavjud aholi punktida tarixiy-arxitektura rejasi va madaniy meros ob’ektlarining muhofaza zonalari hisobga olinishi shart.
Aholi punktining bosh rejasi mavjud bo‘lmaganda yoki yangi bosh reja ishlab chiqilayotganda joriy qurilish uchun er uchastkasi ajratishga oid masalalar tuman yoki shahar qurilish bo‘limining taqdimnomasiga asosan tegishli hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashi bilan kelishiladi.
Yangi bosh reja ishlab chiqilayotgan davrda davlat ahamiyatiga molik ob’ektlar uchun er ajratish materiallari bosh rejani ishlab chiquvchi bilan ham kelishilishi lozim.
Aholi punktlari hududida ob’ektlarni bosh reja va boshqa zarur shaharsozlik hujjatlarisiz loyihalashtirish va qurish taqiqlanadi.
Qonuniy manfaatlariga daxl qilingan jamoatchilik nazorati sub’ektlari tasdiqlangan bosh rejaga o‘zgartish kiritish bo‘yicha taklif berishi mumkin.
Bunday taklif:
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi taklifni 15 kun ichida ko‘rib chiqadi. Jamoatchilik muhokamasini o‘tkazish zarurati bo‘lmasa, arizachiga asoslantirilgan rad javobi yuboriladi.
Ekspert baholash natijalari olingandan keyin taklif buyurtmachi tomonidan arizachi yoki uning vakili ishtirokida yana 15 kun ichida ko‘rib chiqiladi. Ekspert baholash va o‘zgartishlarni ishlab chiqish buyurtmachi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Shaharsozlik faoliyati ob’ektlariga:
Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yurituvchi shaxslar buyurtmachi bo‘lishi mumkin.
Buyurtmachi:
Buyurtmachi qurilish, rekonstruktsiya, ta’mirlash yoki buzish ishlarining qonuniy tashkil etilishi, zarur loyiha, ekspertiza va nazorat ishlari bajarilishi uchun mas’ul hisoblanadi.
Shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvini Vazirlar Mahkamasi, shaharsozlik sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari amalga oshiradi.
Maxsus vakolatli davlat organining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat organlari, tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir.