Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 3815 marta o'qildi

Fuqarolar yig‘ini fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli), kengashi tomonidan zaruratga ko‘ra, lekin har chorakda kamida bir marta chaqiriladi. Fuqarolar yig‘ini xalq deputatlari tuman, shahar Kengashining, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman, shahar hududiy kengashining yoki o‘n sakkiz yoshga to‘lgan va tegishli hududda doimiy yashovchi fuqarolarning kamida uchdan bir qismi tashabbusi bilan chaqirilishi mumkin.

  • Fuqarolar yig‘ini fuqarolar yig‘inida qatnashish huquqiga ega bo‘lgan barcha aholining yarmidan ko‘prog‘i hozir bo‘lgan taqdirda vakolatlidir.
  • Fuqarolar yig‘inini olib borish uchun rayosat saylanadi. Yig‘inni fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) yoki raisning o‘rinbosarlaridan (fuqarolar yig‘ini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilaridan) biri olib boradi. Barcha masalalar bo‘yicha qarorlar ochiq yoki yashirin ovoz berish orqali oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.

Fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan sanasi, hozir bo‘lgan fuqarolar soni, kun tartibi va qabul qilingan qarorlar ko‘rsatilgan bayonnoma yuritiladi. Fuqarolar yig‘inining bayonnomasi va qarori fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) va mas’ul kotibi tomonidan imzolanadi. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) yo‘qligida, fuqarolar yig‘inining bayonnomasi va qarori raisning maslahatchilaridan biri va mas’ul kotib tomonidan imzolanadi.


Fuqarolar yig‘inini chaqirishning imkoni bo‘lmagan taqdirda, fuqarolar yig‘ini kengashi fuqarolar vakillarining yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Fuqarolar vakillarining yig‘ilishiga hovlilar, uylar, ko‘chalardan fuqarolarning vakillari yuboriladi. Vakillik normasini fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi tegishli komissiya belgilaydi.

  • Fuqarolar vakillarining yig‘ilishi unda fuqarolarning hovlilar, uylar, ko‘chalar vakillarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lgan taqdirda vakolatlidir hamda ushbu Qonunda fuqarolar yig‘inlarini o‘tkazish tartibiga qo‘yiladigan talablarga muvofiq o‘tkaziladi.

Fuqarolar yig‘inida (fuqarolar vakillarining yig‘ilishida) tegishli hududda joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakillari o‘z faoliyatlariga doir masalalar bo‘yicha maslahat ovozi bilan ishtirok etishga haqlidir.

Chat