
Jamoa kelishuvlarining turlari
Qamrab olinadigan sohasiga qarab jamoa kelishuvlari:
shaklida tuzilishi mumkin.
Hududiy kelishuv muayyan hududdagi umumiy mehnat shartlari, kafolat va imtiyozlarni belgilaydi.
Tarmoq kelishuvi muayyan soha yoki tarmoqdagi xodimlar va ish beruvchilar uchun umumiy mehnat shartlari va kafolatlarni belgilaydi.
Bosh jamoa kelishuvi esa respublika darajasida ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning kelishilgan asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi.
Xodim uchun qanday ahamiyati bor?
Jamoa kelishuvlarida:
Muhim: jamoa kelishuvi xodimning holatini qonunchilikka yoki unga tatbiq etiladigan yuqoriroq darajadagi jamoa kelishuviga nisbatan yomonlashtirishi mumkin emas. Bunday shart haqiqiy hisoblanmaydi.
Kelishuv qanday tayyorlanadi?
Jamoa kelishuvining loyihasi jamoaviy muzokaralar jarayonida ishlab chiqiladi.
Uni tayyorlash va tuzishning aniq tartibi hamda muddatlarini tegishli ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiya belgilaydi. Muzokaralar boshlangani haqidagi axborot ommaviy axborot vositalari orqali tarqatilishi lozim.
Kelishuv taraflarning vakolatli vakillari tomonidan imzolanadi.
Ro‘yxatga olish tartibi
Imzolangan jamoa kelishuvi va unga ilova qilingan hujjatlar 7 kun ichida ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiya tomonidan kelishuv taraflariga hamda xabardor qilish tartibida ro‘yxatga olish uchun Davlat mehnat inspektsiyasiga yuboriladi.
Eslatma: jamoa kelishuvining kuchga kirishi uni xabardor qilish tartibida ro‘yxatga olingan yoki olinmaganiga bog‘liq emas.
Jamoa kelishuvlarini va ularga kiritiladigan o‘zgartish-qo‘shimchalarni xabardor qilish tartibida ro‘yxatga olishning alohida tartibi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 758-son qarori bilan belgilangan.
Kelishuv kimlarga tatbiq etiladi?
Jamoa kelishuvi, qoida tariqasida, uni tuzgan vakillar orqali ishtirok etgan xodimlar va ish beruvchilarga tatbiq etiladi.
Bosh jamoa kelishuvi esa O‘zbekiston hududidagi barcha xodimlar va ish beruvchilarga, shuningdek ijro etuvchi hokimiyat organlariga tatbiq etiladi.
Amal qilish muddati va e’lon qilinishi
Jamoa kelishuvi imzolangan kundan yoki unda belgilangan sanadan kuchga kiradi va ko‘pi bilan 3 yil amal qiladi.
Uning muddati tugaganidan keyin taraflar yangi kelishuv tuzguniga yoki amaldagi kelishuvni o‘zgartirguniga qadar u amal qilishda davom etadi.
Jamoa kelishuvi imzolanganidan keyin 10 kundan kechiktirmay ommaviy axborot vositalarida yoki uning taraflari rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinishi lozim.