G. ismli shaxs korxonaga ishga kirmoqchi bo‘lganida, undan o‘qishdan tavsifnoma olib kelish lozimligi talab qilinib, aks holda ishga qabul qilinmasligi ma’lum qilingani, korxona ma’muriyatining ushbu talabi qonuniy yoki noqonuniy ekanligini so‘radi.
Javob: Ushbu holatda G.ismli shaxsdan Mehnat kodeksining 124-moddasiga asosan:
- pasportni yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjatni yoxud identifikatsiyalovchi ID-kartani, 16 yoshgacha bo‘lgan shaxslar esa tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani yoki identifikatsiyalovchi ID-kartani;
- oxirgi ish joyi bo‘yicha tasdiqlangan qog‘oz shaklidagi mehnat daftarchasini yoki elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirmani, bundan birinchi marta ishga kirayotgan shaxslar mustasno. O‘rindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar mehnat daftarchasining o‘rniga asosiy ish joyidan olingan belgilangan namunadagi ma’lumotnomani taqdim etadi;.
- harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar uchun tegishincha harbiy guvohnomani yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnomani;
Demak, G. ismli shaxsdan o‘qishdan tavsifnoma olib kelishni talab qilish qonunga ziddir.