Nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatga oid yakka tartibdagi munosabatlarda boshqa xodimlar bilan teng huquqlarga ega.
Shu bilan birga, ularga mehnatni muhofaza qilish, ish vaqti, dam olish vaqti, ta’tillar va boshqa mehnat shartlari bo‘yicha qonunchilikda nazarda tutilgan qo‘shimcha kafolat va imtiyozlar beriladi.
Jamoa shartnomasi, ichki hujjatlar yoki mehnat shartnomasida belgilanadigan:
qonunchilikda belgilanganidan kam bo‘lishi yoki nogironligi bo‘lgan shaxsning holatini boshqa xodimlarga nisbatan yomonlashtirishi mumkin emas.
Xodimning qonunchilikda belgilangan huquqlarini cheklaydigan shartlar haqiqiy hisoblanmaydi.
Nogironligi bo‘lgan shaxsga nisbatan:
nogironlik belgisi bo‘yicha kamsitishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Nogironligi sababli shaxs bilan mehnat shartnomasi tuzishni, uni lavozim bo‘yicha ko‘tarishni rad etish yoki mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish mumkin emas.
Bundan tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining xulosasiga ko‘ra:
mustasno.
Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining quyidagilar haqidagi tavsiyalari ish beruvchi tomonidan bajarilishi shart:
Nogironligi bo‘lgan shaxsni sog‘lig‘i holatiga ko‘ra unga qarshi ko‘rsatma bo‘lgan ishda ishlatish taqiqlanadi.
Nogironligi bo‘lgan shaxs ishga qabul qilinishidan oldin dastlabki majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Ishga qabul qilinganidan keyin u har yili majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi kerak.
Tibbiy ko‘rik:
o‘tkaziladi.
Tibbiy ko‘rik xarajatlarini xodimning zimmasiga yuklashga yo‘l qo‘yilmaydi.
I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga 36 soatdan oshmasligi kerak.
Kunlik ishning yoki smenaning davomiyligi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tavsiyalariga muvofiq belgilanadi, ammo:
oshmasligi lozim.
I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar qisqartirilgan ish vaqtida ishlasa ham, ularning mehnatiga haq to‘lash tegishli kasb yoki lavozimda to‘liq ish vaqtida ishlaydigan xodimlar uchun belgilangan miqdorda amalga oshiriladi.
Ya’ni 36 soatlik ish haftasi ish haqini kamaytirish uchun asos bo‘lmaydi.
Nogironligi bo‘lgan xodimni:
faqat uning roziligi bilan jalb qilish mumkin.
Bunda bunday ish tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tavsiyalarida xodim uchun taqiqlanmagan bo‘lishi kerak.
I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlarga har yili kamida 30 kalendarь kunlik mehnat ta’tili beriladi.
Ular yillik mehnat ta’tilidan o‘zlari uchun qulay bo‘lgan vaqtda foydalanish huquqiga ega.
I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimni yillik mehnat ta’tilidan chaqirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Agar ish yilining bir qismi xodimga nogironlik belgilanguniga qadar, qolgan qismi esa nogironlik belgilanganidan keyingi davrga to‘g‘ri kelsa, yillik mehnat ta’tilining davomiyligi har bir davrga mutanosib ravishda hisoblanadi.
Xuddi shu tartib nogironlik ish yili davomida olib tashlangan holatlarga ham tatbiq etiladi.
Ish beruvchi I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimning yozma arizasiga ko‘ra unga har yili 14 kalendarь kungacha ish haqi saqlanmaydigan ta’til berishi shart.
Bu ta’tilni berish ish beruvchining xohishiga bog‘liq emas — xodim yozma ariza berganda uni berish majburiy hisoblanadi.
Nogironlikning o‘zi mehnat shartnomasini bekor qilish uchun asos bo‘lmaydi.
Agar tibbiy xulosaga ko‘ra xodim avvalgi ishini bajara olmasa, ish beruvchi qonunchilikda belgilangan hollarda unga sog‘lig‘iga mos bo‘lgan boshqa ishni taklif qilishi kerak.
Mehnat shartnomasini bekor qilishga faqat Mehnat kodeksida nazarda tutilgan asoslar va tartibga rioya etilgan holda yo‘l qo‘yiladi.
Nogironligi bo‘lgan xodim mehnat huquqlari buzilgan taqdirda:
murojaat qilishi mumkin.
Xodim kamsitishni bartaraf etish, buzilgan huquqini tiklash, ish haqi va boshqa to‘lovlarni undirish, shuningdek etkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplashni talab qilish huquqiga ega.