Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 8709 marta o'qildi

1. Muqaddimada O‘zbekistonning yagona xalqi mamlakatimizning bebaho tabiiy boyliklarini ko‘paytirishga hamda hozirgi va kelajak avlodlar uchun asrab-avaylashga hamda atrof-muhit musaffoligini saqlashga astoydil ahd qilib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilishi va e’lon qilishi" belgilandi.

2. Har kimning qulay atrof-muhitga, uning holati to‘g‘risidagi ishonchi axborotga ega bo‘lish huquqi mustahkamlangan. Davlat:            

  • fuqarolarning ekologik huquqlarini ta’minlash va atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida shaharsozlik faoliyati sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi;
  • barqaror rivojlanish printsipiga muvofiq, atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
  • Orolbo‘yi mintaqasining ekologik tizimini muhofaza qilish hamda tiklash, mintaqani ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlantirish yuzasidan choralar ko‘radi.

3. Vazirlar Mahkamasi atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy boyliklarni va biologik xilma-xillikni saqlash, iqlim o‘zgarishiga, epidemiyalarga, pandemiyalarga qarshi kurashish hamda ularning oqibatlarini yumshatish sohalarida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi.

4. Viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining vakolatlariga hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik jihatdan rivojlantirishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish kiradi.

Chat