Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 3094 marta o'qildi

1. 2 oy oldin onamiz vafot etdi. Ularning nomlarida uy bor, bu uyda biz bir oila bo‘lib yashab kelmoqdamiz. Qancha vaqtdan keyin biz merosga kira olamiz?

Qonun bo‘yicha merosxo‘rlar vorislikka navbat tartibida chaqiriladilar. 

Qonun bo‘yicha vorislikda farzandlikka olingan shaxs va uning avlodlari, bir tarafdan, farzandlikka oluvchi shaxs va uning qarindoshlari, ikkinchi tarafdan, tug‘ishgan qarindoshlarga tenglashtiriladilar.

Vorislar navbati:

  • Qonun bo‘yicha birinchi navbatdagi vorislar

    Meros qoldiruvchining bolalari (shu jumladan farzandlikka olingan bolalari), eri (xotini) va ota-onasi (farzandlikka oluvchilar) teng ulushlarda qonun bo‘yicha birinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega bo‘ladilar. Meros qoldiruvchining vafotidan keyin tug‘ilgan bolalari ham birinchi navbatdagi vorislar jumlasiga kiradilar.

  • Qonun bo‘yicha ikkinchi navbatdagi vorislik

    Meros qoldiruvchining tug‘ishgan hamda ona (ota) bir ota (ona) boshqa aka-ukalari va opa-singillari, shuningdek uning ham ota, ham ona tarafdan bobosi va buvisi teng ulushlarda qonun bo‘yicha ikkinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega bo‘ladilar.

  • Qonun bo‘yicha uchinchi navbatdagi vorislik

    Meros qoldiruvchining tug‘ishgan amakisi, tog‘asi, ammasi va xolasi teng ulushlarda qonun bo‘yicha uchinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega bo‘ladilar.

  • Qonun bo‘yicha to‘rtinchi navbatdagi vorislik

    Meros qoldiruvchining oltinchi darajagacha (oltinchi daraja ham shunga kiradi) bo‘lgan boshqa qarindoshlari qonun bo‘yicha to‘rtinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega bo‘ladilar, bunda yaqinroq qarindoshlar uzoqroq qarindoshlarga nisbatan meros olishda imtiyozli huquqqa ega bo‘ladilar.
    Vorislikka chaqiriladigan to‘rtinchi navbatdagi vorislar teng ulushlarda meros oladilar.

  • Qonun bo‘yicha beshinchi navbatdagi vorislik

    Meros qoldiruvchining mehnatga qobiliyatsiz boqimlari, agar ular meros olmasalar, qonun bo‘yicha beshinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega bo‘ladilar.

Meros ochilgan joydagi notarius merosxo‘rning iltimosiga ko‘ra unga merosga bo‘lgan huquqi to‘g‘risida guvohnoma berishi shart.

Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma meros ochilgan kundan e’tiboran olti oy o‘tganidan keyin beriladi.

Qonun bo‘yicha meros olinganida ham, vasiyatnoma bo‘yicha meros olinganida ham, agar notarius tegishli mol-mulkka yoxud butun merosga nisbatan guvohnoma berishni so‘rab murojaat etgan shaxslardan boshqa merosxo‘rlar yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lsa, guvohnoma yuqorida ko‘rsatilgan muddat tugamasidan oldin berilishi mumkin.

Ma’lumot uchun: Vorislik to‘g‘risida umumiy qoidalar. Merosni egallash

2. Jismoniy shaxslarga avtomobil oldi-sotdi shartnomasini tuzish uchun qanday hujjatlar kerak?

Qo‘yidagi xujjatlar talab etiladi:

  • Fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi xujjat;

  • Transport vositalarini qayd qilish guvohnomasi, DYHXX organlari agregatlar raqamlarining ro‘yxatdan o‘tkazish raqamlariga muvofiqligi ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatidagi shtamp yoki ma’lumotnoma bilan tasdiqlanadi, traktorlar, o‘ziyurar shassilar, traktor tirkamalari va o‘ziyurar yo‘l qurilish mashinalari uchun «O‘zdavtexnazorat» tomonidan berilgan belgilangan shakldagi ma’lumotnoma);
  • Mulk umumiy birgalikdagi mulk bo‘lgan taqdirda (er-xotinning birgalikdagi mulki), barcha egalarining (er-xotinning) roziligi;
  • Mulk garovga qo‘yilgan bo‘lsa, garovga oluvchining roziligi.
  • Notarial tartibda tasdiqlanishi lozim bo‘lgan bitimlarni vasiylikdagi shaxs nomidan Vasiylar vasiylik va homiylik organlarining faqat ruxsati bilan tuzishga haqli.
  • Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomaga asosan transport vositasini qayd etish guvohnomasi berilgan bo‘lsa — merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma (asli).
  • Avtomototransport vositasi kredit hisobiga olinayotgan bo‘lsa, kredit shartnomasini nusxasi kerak bo‘ladi.
  • Bitimlar davlat bojining imtiyozli to‘lanishiga huquq beruvchi yaqin qarindosh bo‘lgan shaxslar o‘rtasida tuzilayotgan bo‘lsa (mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onalariga, bolalari va ularning er-xotinlariga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga), ularning qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi.
  • Bitim vakil tomonidan tuzilgan taqdirda, vakolatini tasdiqlovchi hujjat (ishochnoma).
  • Yo‘l-transport hodisasi natijasida shikastlangan avtomototransport vositasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud-ekspertiza muassasalarining mutaxassislari, bunday muassasalar bo‘lmagan viloyatlarda esa — «O‘zavtotexxizmat» mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkilotlarining xulosasi.

Ma’lumot uchun: Avtotransport vositasi oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya shartnomasi

3. Xotinim bilan ajrashganmiz. Biz sudga murojaat qilmasdan mulkni bo‘lish to‘g‘risida kelishuv tuza olamizmi?

Notarial xizmatning soddalashtirilgan tavsifi
Ulushli mulkdagi mol-mulk er/xotin o‘rtasida ularning kelishuviga muvofiq taqsimlanishi mumkin.

Xizmatni olish uchun zarur bo‘lgan ho‘jjatlar ro‘yxati, nusxalari soni va asl hujjatlarni taqdim etish zarurligi ko‘rsatilgan:

  • Fuqarolarning shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi:
  • O‘zbekiston fuqarolarining shaxsi — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti;
  • harbiy xizmatchilarning shaxsi — harbiy qismlar va harbiy muassasalar qo‘mondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);
  • chet el fuqarolarining shaxsi — ularning milliy pasporti (qonun hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari tegishli ichki ishlar organlari tomonidan ro‘yxatga olinishi lozim) yoki O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoxud diplomatik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;
  • fuqaroligi bo‘lmagan shaxs uchun — O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi.
  • Nikoh haqidagi guvohnomasi (er/xotin uchun), nikohdan ajralganlik haqida guvohnoma (Nikoh 1998-yildan 15.09.2010-yilgacha bo‘lgan davrda bekor qilingan taqdirda, nikohni bekor qilish to‘g‘risidagi sud qarorini taqdim etish kerak).
  • Mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat:
  • Ko‘chmas-mullka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat va kadastr yig‘majildi (kadastr pasporti);
  • Avtomototranspor uchun - DYHXX berilgan Transport vositalarini qayd qilish guvohnomasi;
  • Boshqa turdagi mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat.
  • Boshqa hujjatlar (zarur bo‘lsa).

Er-hotin o‘rtasidagi mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi kelishuv

4. Men qizim uchun hadya shartnomasini rasmiylashtirmoqchiman. Buning uchun qanday hujjatlar kerak?

Hadya shartnomasiga muvofiq bir taraf (hadya qiluvchi) boshqa taraf (hadya oluvchi)ga ashyoni tekinga mulk qilib beradi yoki berish majburiyatini oladi yoxud unga o‘ziga yoki uchinchi shaxsga nisbatan mulk huquqi (talabi)ni beradi yo berish majburiyatini oladi, yoxud uni o‘zi yoki uchinchi shaxs oldidagi mulkiy majburiyatdan ozod qiladi yoinki ozod qilish majburiyatini oladi.

Taqdim etiladigan xujjatlar:

  • Fuqarolarning shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanad

  • Mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat.
  • Barcha egalarining rozilig

  • Umumiy ulushli mulk ishtirokchilari o‘rtasida umumiy mulkdagi ko‘chmas mulk yoki uning bir qismidan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi kelishuv.
  • Er uchastkasiga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi Ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reestridan ko‘chirma yoki guvohnoma.
  • Ko‘chmas mulkk ob’ektga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida Reestrdan ko‘chirma.
  • Mulk garovga qo‘yilgan bo‘lsa, garovga oluvchining roziligi.
  • Notarial tartibda tasdiqlanishi lozim bo‘lgan bitimlarni vasiylikdagi shaxs nomidan Vasiylar vasiylik va homiylik organlarining faqat ruxsati bilan tuzishga haqli.
  • Bitimlar davlat bojining imtiyozli to‘lanishiga huquq beruvchi yaqin qarindosh bo‘lgan shaxslar o‘rtasida tuzilayotgan bo‘lsa (Mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onalariga, bolalari va ularning er-xotinlariga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga), ularning qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi.
  • Bitim vakil tomonidan tuzilgan taqdirda, vakolatini tasdiqlovchi hujjat (ishonchnoma).
  • Ko‘chmas mulk Sotib oluvchi tomon chet el fuqarolar hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarg

  • Ko‘chmas-mulk ko‘chmas mulk bank krediti hisobiga sotib olinganda kredit shartnomasi kerak bo‘ladi.
  • Zarur hollarda boshqa hujjatlar.

Ma’lumot uchun: Uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga o‘tkazish (oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya) shartnomasi

5. Men vasiyatnoma rasmiylashtirmoqchiman. Notariusdan qanday hujjatlar talab qilinadi?

Notarial xizmatning soddalashtirilgan tavsifi:
Fuqaroning o‘ziga tegishli mol-mulkni yoki bu mol-mulkka nisbatan huquqini vafot etgan taqdirda tasarruf etish xususidagi xohish-irodasi vasiyat deb e’tirof qilinadi. 

Xizmatni olish uchun zarur bo‘lgan ho‘jjatlar ro‘yxati, nusxalari soni va asl hujjatlarni taqdim etish zarurligi ko‘rsatilgan
Fuqarolarning shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi:


1. O‘zbekiston fuqarolarining shaxsi — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti;

  • Harbiy xizmatchilarning shaxsi — harbiy qismlar va harbiy muassasalar qo‘mondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);
  • Chet el fuqarolarining shaxsi — ularning milliy pasporti (qonun hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari tegishli ichki ishlar organlari tomonidan ro‘yxatga olinishi lozim) yoki O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoxud diplomatik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;
  • Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs uchun — O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi.

2. Merosxo‘r to‘grisida ma’lumotlar (jismoniy shaxs: Familiya, Ism, Otasini ismi va tug‘ilgan sanasi; yuridik shaxslar: identifikatsion ma’lumotlari, yuridik shaxsning nomi va shakli, ro‘yxatdan o‘tgan davlati).

Ma’lumot uchun: Vasiyatnoma

Chat