Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 32935 marta o'qildi

Ma’lumotnomaning mazmuni

Ma’lumotnoma jismoniy yoki yuridik shaxs nomida turar yoki noturar ko‘chmas mulk mavjud yoki mavjud emasligini tasdiqlaydi.

Ma’lumot:

  • muayyan hudud kesimida yoki respublika bo‘yicha;
  • joriy holatga yoki oxirgi 10 yillik davrga nisbatan so‘ralishi mumkin.

Xizmatni Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi ko‘rsatadi.

Kimlar murojaat qilishi mumkin

Xizmatdan:

  • jismoniy shaxslar;
  • ularning oila a’zolari — er-xotin, ota-ona va bolalar;
  • yuridik shaxslar;
  • ishonchnoma asosidagi vakillar foydalanishi mumkin.

Jismoniy shaxs o‘z xohishiga ko‘ra oila a’zolari nomida ko‘chmas mulk bor yoki yo‘qligi haqida ham ma’lumotnoma olishi mumkin.

Oila a’zolarining har biri bo‘yicha ma’lumot so‘ralganda, har bir shaxs uchun alohida yig‘im undiriladi.

Murojaatda ko‘rsatiladigan ma’lumotlar

Jismoniy shaxs bo‘yicha:

  • familiya, ism va ota ismi, shu jumladan avvalgi F.I.O.;
  • pasport yoki ID-karta ma’lumotlari va JShShIR;
  • yashash manzili;
  • telefon raqami va mavjud bo‘lsa elektron manzil;
  • ma’lumotnoma tili — o‘zbek yoki rus tili;
  • ma’lumot so‘ralayotgan hudud;
  • joriy holat yoki oxirgi 10 yillik davr;
  • zarur bo‘lsa, ob’ekt manzili ko‘rsatiladi.

Ishonchli vakil murojaat qilganda notarial tasdiqlangan ishonchnoma taqdim etiladi.

Xizmat muddati

Agar shaxs nomida ko‘chmas mulk:

  • mavjud bo‘lmasa — ma’lumotnoma real vaqt rejimida;
  • mavjud bo‘lsa2 ish kunida beriladi.

Yig‘im miqdori

Jismoniy shaxs bo‘yicha ma’lumotnoma uchun har bir shaxsga BHMning 3 foizi, yuridik shaxs bo‘yicha esa BHMning 10 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

Tartib Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20 noyabrdagi 612-son qarori bilan belgilangan.

Chat