Yakka tartibdagi uy-joyni qurish yoki rekonstruktsiya qilish loyihasi, jumladan:
Loyiha-smeta hujjatlari qonunchilikda belgilangan hollarda tegishli litsenziyaga ega loyiha tashkiloti tomonidan tayyorlanishi kerak.
Ariza beruvchi:
So‘rovnomaga loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismi PDF yoki JPEG shaklida ilova qilinadi.
Ob’ekt suvni muhofaza qilish hududiga tutash er uchastkasida qurilayotgan bo‘lsa, suv ob’ektini balansda saqlovchi tashkilotning xulosasi ilova qilinadi. Harbiy ob’ekt yoki rejimli hududga daxldor hollarda tegishli tashkilot xulosasi ham talab etiladi.
Loyiha kelishilmasdan qurilish yoki rekonstruktsiya ishlarini boshlash keyinchalik xizmatni rad etish uchun asos bo‘lishi mumkin.
Sokol qavati hisobga olinmagan holda:
Ushbu ko‘rsatkichlardan yuqori ob’ektlar bo‘yicha hujjatlar hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashi a’zolariga yuboriladi.
Loyiha faqat vakolatli organ tomonidan ko‘rib chiqilganda xulosa 7 ish kuni ichida beriladi.
Kengash ishtirokida ko‘rib chiqiladigan ob’ektlarda kengash a’zolari 7 ish kunida xulosa beradi. Barcha ijobiy xulosalar olingach, vakolatli organ 5 ish kuni ichida kollegial muhokama o‘tkazib, yakuniy QR-kodli xulosani rasmiylashtiradi.
Ob’ektning xavf-xatar toifasiga qarab:
Rad etishga, jumladan:
Rad etishda buzilgan aniq normativ talab ko‘rsatilishi shart. Boshqa asoslar bo‘yicha rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ariza beruvchi rad javobini olganidan keyin 10 kun ichida kamchiliklarni bartaraf etib, yig‘imni qayta to‘lamasdan murojaat qilishi mumkin.
Tartib Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20 apreldagi 200-son qarori bilan belgilangan.