Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 2133 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari davlat himoyasidadir. Chet eldagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi vakolatxonalari va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga o‘z huquqlarini himoya qilish uchun murojaat qilishlari mumkin.    


O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik idoralariga murojaat qilish
  • Diplomatik vakolatxona rahbari o‘zi ishlab turgan davlatda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy yo‘lni samarali davom ettirish, mamlakat manfaatlarini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ilgari surishni ta’minlaydigan O‘zbekiston Respublikasining oliy rasmiy vakili hisoblanadilar.
  • Muammoli masalalar yuzaga kelganda, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik idoralariga murojaat qilish mumkin.
  • Xorijga chiqayotgan fuqarolarga chiqish rejalashtirilayotgan davlatga xorijiy fuqarolarning kirishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oldindan o‘rganishi tavsiya etiladi. Bunda o‘sha davlatning diplomatik yoki konsullik idorasi veb-sahifasidan axborot olish mumkin.
  • Shuningdek, xorijga chiqishdan oldin o‘sha davlatdagi O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonasi va konsullik idorasining manzili va telefon raqamlarini bilib olish tavsiya etiladi. Chunki bu idoralar xorijda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha zarur choralarni ko‘radilar.

Xorijiy davlatning huquqni muhofaza qiluvchi organlarigi murojaat qilish
  • Har qanday fuqaro o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida o‘zi borgan mamlakatning huquqni muhofaza qilish organlari (politsiya)ga murojaat etishi mumkin. Ular O‘zbekiston Respublikasining tegishli diplomatik idorasini bundan xabardor qiladi.


Qo‘shimcha maslahatlar hamda eslatma va takliflar

Chat