Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1746 marta o'qildi

Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila a’zolarini taklif qilishni rasmiylashtirish va ko‘p martalik vizalarni berish hamda ularni O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish qo‘yidagi ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha Ichki ishlar vazirligining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.

 Vatandoshlarni O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilish uchun taklif qiluvchi doimiy istiqomat qiladigan joyidagi MvaFR bo‘linmasiga murojaat qilishi lozim.

Zarur xujjatlar:
  • Ilovaga muvofiq belgilangan namunadagi 2 nusxada ariza-anketa;
  • taklif qiluvchining pasporti (nusxasi olinib, asli qaytarib beriladi);
  • vatandoshning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, harakatlanish hujjati va boshqalar) nusxasi;
  • taklif qiluvchining vatandosh bilan qarindoshlik darajasini tasdiqlovchi hujjatlar (nikoh tuzilganligi va tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi hujjatlar, nusxasi olinib, asli qaytarib beriladi);
  • agar vatandosh O‘zbekiston Respublikasiga oila a’zolari bilan birgalikda kelish niyatida bo‘lsa, ularning har birining shaxsini va qarindoshlik darajasini tasdiqlovchi hujjatlarining nusxalari;
  • davlat boji to‘langanligi haqidagi kvitantsiya.

  • MvaFR bo‘linmasi 3 ish kuni mobaynida ariza-anketani va taqdim etilgan boshqa hujjatlarni ko‘rib chiqadi, vatandoshning taklif qiluvchiga qarindoshlik darajasini o‘rganib chiqadi hamda vatandoshlar va taklif qiluvchining shaxsini ichki ishlar organlaridagi mavjud ma’lumotlar bazasi bo‘yicha tekshiradi.
  • Ariza-anketa o‘rganib chiqilgach, agar vatandoshning O‘zbekiston Respublikasiga kelishiga ichki ishlar organlarida to‘sqinlik qiluvchi ma’lumotlar aniqlanmasa, ariza-anketaning bir nusxasini kelishish uchun vakolatli organga yuboriladi.

Vakolatli organ bilan kelishilganidan va ijobiy qaror qabul qilinganidan so‘ng 3-ilovaga muvofiq shaklidagi taklifnoma to‘ldirilib MvaFRB bo‘linmasi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari tomonidan imzolanadi, gerbli muhr bilan tasdiqlanadi va bevosita taklif qiluvchiga yoki uning ishonchli vakiliga beriladi.

Vatandoshlarni taklif qilish haqidagi hujjatlarni ko‘rib chiqish muddati 15 ish kunidan oshmasligi lozim.

  • Taklifnoma berilgan kundan boshlab uch oy davomida amal qiladi.
  • Taklif qiluvchi ushbu muddat mobaynida taklifnomani O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti yoki vazirlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bo‘linmalariga kirish vizalarini rasmiylashtirish uchun taqdim etadi.
  • Vatandoshlarning O‘zbekiston Respublikasiga ko‘p martalik kirish vizalari O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalari tomonidan, bunday konsullik muassasalari mavjud bo‘lmagan taqdirda esa — xalqaro maqomga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi aeroportlaridagi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining bo‘linmalari tomonidan beriladi.

Vatandoshlarga ko‘p martalik kirish vizalarini rasmiylashtirish uchun kerakli xujjatlar:
  • 4-ilovaga muvofiq belgilangan shaklda viza talabi;
  • e-visa.mfa.uz sayti orqali olingan elektron anketa;
  • MvaFR bo‘linmasi tomonidan berilgan taklifnoma;
  • taklif qilinuvchi vatandoshning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, harakatlanish hujjati va boshqalar) nusxasi;
  • kirish vizalari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida olinishi mo‘ljallangan holatlarda — aviachipta yoki bronь nusxalari;
  • davlat boji to‘langanligi haqidagi kvitantsiya.

Taqdim etilgan hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti yoki vazirlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bo‘linmalari tomonidan ko‘rib chiqish muddati 5 ish kunidan oshmasligi kerak.

Vatandoshlarning kirish vizasi va vaqtincha propiskasi quyidagi hollarda bekor qilinadi:

Chat